“Sport” ijodiy birlashmasi” DМ bo‘lim xodimlari o‘rtasida vazifa va funksional majburiyatlarni taqsimlash hamda ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМ tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, boshqarish va tartibga solish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish va takomillashtirish;
korrupsiyaviy holatlar hamda xavf-xatarlarni aniqlash maqsadida “Sport” ijodiy birlashmasi” DМ xodimlari, murojaatchilar va kontragentlar o‘rtasida so‘rovlar, tahlil va monitoring ishlarini o‘tkazish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМ tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМda xarid jarayonlari, shartnomalar tuzish, kadrlar bilan ishlash va moliyaviy munosabatlarda korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМning ichki normativ hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish;
davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish hamda profilaktik o‘rganishlar o‘tkazish;
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan vakolatli davlat organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etilishini taʼminlash;
mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;
korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati tizimini xalqaro ilg‘or tajriba asosida takomillashtirish va sohaga oid xorijiy tajribani “Sport” ijodiy birlashmasi” DМ faoliyatiga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
o‘z vakolati doirasidagi masalalarni “Sport” ijodiy birlashmasi” DМ Odob-axloq komissiyasi va tegishli kollegial organlar muhokamasiga kiritish;
ichki audit, tashqi audit va vakolatli organlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ijrosini nazorat qilish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tegishli davlat organlari bilan hamkorlik qilish;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМ direktoriga korrupsiyaga qarshi kurashish, komplayens va qonunchilik masalalari yuzasidan taklif kiritadi;
qonunchilikka muvofiqlik korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan xodimlarga maslahatlar berish;
bo‘lim faoliyatiga oid ichki tartib, nizom va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish;
zaruratga ko‘ra xizmat tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;
xizmat vazifalarini bajarish jarayonida o‘ziga maʼlum bo‘lgan davlat, xizmat yoki tijorat sirini oshkor etmaslik;
o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, shaxsiy manfaatdorlikka yo‘l qo‘ymaslik va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМ xodimlari, ayniqsa korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan lavozimlarda ishlovchi xodimlar uchun korrupsiyaning oldini olishga oid o‘quv materiallari va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМ xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati sohasida o‘quv seminarlari, treninglar va tushuntirish tadbirlarini tashkil etish hamda ularda ishtirok etilishini nazorat qilish;
“Sport” ijodiy birlashmasi” DМ tizimida korrupsiyaviy xavf yuqori bo‘lgan sohalar, jarayonlar va lavozimlarni aniqlash, ularni tahlil qilish hamda ushbu sohalardagi korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish va oldini olishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.