Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan ishlash departamenti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlash;
Bankning tegishli tarmoqlari tomonidan imzolanayotgan hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazorat olib borish;
Bank xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish, ularga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirishda ishtirok etish;
Bankning mulklari saqlanishini huquqiy vositalar orqali taʼminlash ishlarini tashkil qilish;
Shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, bankning mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini taʼminlash.
Talablar:
Oliy yuridik maʼlumot. Yuridik (sud,huquq) yoki qarzdorliklar bilan ishlash sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining bank tizimiga oid qonun hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarini hamda yuridik xizmatning asosiy yoʻnalishlari va funksiyalarini yaxshi bilish;
Davlat tilini mukammal bilish (yozma va ogʻzaki). Rus-ingliz tillarini bilish ustunlik beradi;
Microsoft Office (Excel, PowerPoint, Word), moliyaviy tahlil va hisobotlarni tuzish uchun dasturlardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻlish;
Maʻlumotlarni tahlil qila olish, yozishmalar olib borish hamda hujjatlar bilan ishlay olish koʻnikmalariga ega boʻlish;