Обязанности: - Konditer mahsulotlarini yangi savdo nuqtalariga (do'kon, mini market, supermarket va boshqalar) kiritish
- Yangi mijozlarni topish, uchrashuvlar o'tkazish va mahsulotni taqdim etish
- Do'konlar bilan shartnomalar tuzish va hamkorlikni yo'lga qo'yish
- Buyurtmalarni muntazam yig'ish va ularning o'z vaqtida yetkazib berilish
- Mavjud mijozlar bilan doimiy aloqada bo'lish va savdo hajmini oshirish
- Hududdagi bozorni, raqobatchilarni va narxlarni kuzatib borish
- Haftalik va oylik savdo rejasini bajarish
- Savdo prognozini oldindan berish, chunki ishlab chiqarish hajmi aynan buyurtmalarga qarab rejalashtiriladi
Требования: - Konditer yoki non mahsulotlari distribyutsiyasi bo'yicha amaliy tajribaga ega bo'lishi shart. Boshqa yo'nalishdagi savdo tajribasi ustunlik hisoblanmaydi
- Qila olaman" emas, shu ishni qilib, natija ko'rsatgan nomzod bo'lishi kerak
- Savdo nuqtalari bilan muzokara olib borish va shartnoma tuzish tajribasi bo'lishi kerak
- Mijozlar bazasini mustaqil shakllantira olishi va yangi mijozlarni jalb qila olishi kerak
- Savdo rejasini bajarish va natija uchun javobgarlikni his qilishi kerak
- Punktual, halol, rostgo'y va mas'uliyatli bo'lishi
- Muammolarni mustaqil hal qila oladigan va tashabbuskor bo'lishi
Biz uchun muhim:
Bizga oddiy buyurtma yig'uvchi emas, savdoni yo'lga qo'yadigan mutaxassis kerak. Ishlab chiqarish hajmini savdo agenti olib keladigan buyurtmalar asosida rejalashtiramiz. Shuning uchun nomzod yangi savdo nuqtalarini ochish, mahsulotni do'konlarga kiritish va barqaror buyurtmalarni yo'lga qo'yish bo'yicha real tajribaga ega bo'lishi zarur.