Yong‘in xavfsizligi va texnika xavfsizligi muhandisi
Lavozim vazifalari:
- Qurilish obyektlarida yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha hujjatlarni yuritish;
- Yong‘inga qarshi vositalar va tizimlarning soz holatini nazorat qilish;
- FVV va boshqa nazorat organlari bilan hamkorlik qilish;
- Tekshiruvlarda ishtirok etish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish;
- Pudratchi tashkilotlar tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Qurilish chizmalari va loyiha hujjatlarini o‘qish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligini tahlil qilish;
- Yong‘in va baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tashkil etish.
Talablar:
- Oliy yoki o‘rta maxsus texnik ma'lumot;
- Qurilish chizmalari va loyiha hujjatlarini o‘qiy olish;
- Yong‘in xavfsizligi, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- Microsoft Office dasturlarida erkin ishlash;
- FVV (Favqulodda vaziyatlar vazirligi) yoki yong‘in xavfsizligi xizmatida ish tajribasi bo‘lishi shart.
- Mas'uliyatli, intizomli va hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Biz taklif qilamiz:
- Rasmiy ishga qabul qilish;
- Ish haqi – suhbat natijalariga ko‘ra;
- Tushlik kompaniya hisobidan;
- Kasbiy rivojlanish imkoniyati;
- Barqaror qurilish kompaniyasida ishlash;
- Ahil va professional jamoa.
HR Manager: +998 90 003 72 00
📞 Qo‘ng‘iroqlar dushanbadan jumagacha soat 10:00 dan 19:00 gacha qabul qilinadi. Shanba va yakshanba — dam olish kunlari.
FVV (Favqulodda vaziyatlar vazirligi) yoki yong‘in xavfsizligi xizmatida ish tajribasiga ega bo‘lmagan nomzodlar ko‘rib chiqilmaydi.