Ташкент, Шайхантахурский район, махаллинский сход граждан Ибн Сино
Javoningizda Jan Piaje va Abdulla Avloniy qarashlari yonma-yon turibdimi? G‘arb metodikalarini milliy dunyoqarashimizga moslay olsangiz hamda psixologiyani bolalar qalbini tushunish san’ati deb bilsangiz — Rahimov School (Ibn Sino filiali) sizni kutyapti!
Biz bolalarga haqiqiy tayanch, ota-ona va o‘qituvchilarga esa ishonchli hamkor bo‘la oladigan malakali psixologni qidirmoqdamiz. (Eslatma: Haqiqiy kasbiy mahoratingizni ko‘rsatishingiz uchun e’lon so‘ngida maxsus keys-topshiriq qoldirganmiz!)
Biz sizga qanday muhit va sharoitlarni taklif qilamiz?
Haqiqiy Work-Life Balance: Ish vaqtidan keyin ma’muriyat yoki ishchi guruhlar tomonidan bezovta qilinmaslik kafolati. Biz sizning shaxsiy chegaralaringiz va dam olish vaqtingizni hurmat qilamiz.
Moliyaviy barqarorlik va o‘sish: Bozor ko‘rsatkichlaridan 20% yuqori bo‘lgan maosh, Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy shartnoma, kafolatlangan ta’til va oyiga 2 marta (avans va oylik) o‘z vaqtida to‘lov. Har o‘quv yilida ish haqining oshirib borilishi.
Oila uchun g‘amxo‘rlik: Farzandingiz maktabimizda tahsil olishi uchun 3 250 000 so‘mgacha chegirma. O‘zingiz va farzandingiz uchun oylik saqlanadigan kasallik ta’tillari.
Doimiy rivojlanish: Kasbiy yuksalishingiz va tajriba almashishingiz uchun nufuzli xalqaro trening va sammitlarda ishtirok etishingizga ko‘maklashamiz.
Yoqimli bonus: Maktab hududida shinam oshxona va maktab hisobidan 50% qoplanadigan mazali tushliklar.
Ish vaqti: 5/2, 08:30 – 17:30. Shanba kunlari navbatchilik asosida (09:00 – 14:00).
Sizning asosiy vazifalaringiz nimalardan iborat bo‘ladi?
Moslashuv (Adaptatsiya): Yangi o‘quvchilarning maktab muhitiga og‘riqsiz, qulay va stresslarsiz kirishib ketishini psixologik qo‘llab-quvvatlash.
Sog‘lom muloqot muhiti: O‘quvchilar, ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasida samimiy, o‘zaro ishonchga asoslangan va nizolardan xoli psixologik muhit yaratish; murakkab hamda inqirozli vaziyatlarda vazminlik va odob bilan to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatish.
Individual ko‘mak: Qiyin vaziyatga tushib qolgan yoki hissiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan o‘quvchilar bilan chuqur individual konsultativ ishlarni olib borish.
Jonli metodika: Pedagogik kengashlarda ishtirok etish, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun qog‘ozbozlikdan yiroq, amaliy va qiziqarli treninglar, ma’ruzalar tashkil qilish.
Biz qanday nomzodni ko‘rishni istaymiz?
Madaniyat va til: O‘zbek tilini mukammal va erkin muloqot darajasida bilish, milliy o‘ziga xoslik va qadriyatlarimizni chuqur his qila olish (rus yoki ingliz tillarini bilish — sizning ustunligingiz bo‘ladi).
Tajriba: Bolalar bilan ishlashda kamida 3 yillik tajriba. Maktab tizimida ishlagan bo‘lsangiz ajoyib, agar xususiy amaliyotda kuchli natijalarga erishgan bo‘lsangiz va bolalar tilini mukammal bilsangiz — biz eshiklarimizni ochishga tayyormiz.
Ma’lumot: Psixologiya sohasida oliy ma’lumot va turli psixologik metodikalarni amaliyotda erkin qo‘llay olish ko‘nikmasi (shaxsiy kasbiy sertifikatlar qadrlanadi).
Shaxsiy xislatlar: Yuqori empatiya, xolislik, kasbiy etika, tartiblilik va bolalar bilan ishlashda cheksiz sabr-toqat.
⚠️ Saralash bosqichi: Kichik keys-topshiriq Biz internetdan nusxa ko‘chirilgan (copy-paste) bir xil shablon xatlarni ko‘rib chiqmaymiz. Vakansiyaga ariza yuborish (отклик) tugmasini bosganda, hamrohlik xati (сопроводительное письмо) maydonida quyidagi real vaziyatga o‘z yondashuvingizni qisqacha (7-10 ta gapda) yozib qoldiring:
Keys: 8-sinf o‘quvchisi keskin o‘smirlik davrini boshdan kechirmoqda: xulq-atvori o‘zgargan, darslarni o‘zlashtirishi sezilarli darajada pasaygan. Ota-onasi esa buni o‘smirlik krizisi deb emas, shunchaki "dangasalik", "yalkovlik" yoki "erkalik" deb baholamoqda va vaziyatni qattiqqo‘llik, taqiqlar yoki bosim bilan hal qilmoqchi.
Siz professional psixolog sifatida ota-onaga quruq ilmiy terminlarsiz, ular eshita oladigan tilda vaziyatning asl sababini qanday tushuntirasiz? Eng muhimi — ota-ona va bola o‘rtasida o‘zaro tushunish ko‘prigini qanday qurasiz?
Sizning javobingiz — biz uchun kasbiy mahoratingiz hamda hissiy salohiyatingiz aksidir.
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 15000000 UZS
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 15000000 UZS