махаллинский сход граждан Хасанбой Гузари, улица ТХАЙ Ёкаси, 28
AIST jamoasi malakali oshxona ta’minotchi lavozimiga ishga taklif etadi:
Vazifalari:
Maktab oshxonasi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, sabzavotlar, quruq mevalar, sut mahsulotlari va b.) ro‘yxatiga qarab ta’minotni rejalashtirish;
Bozor va ulgurji (optom) do‘konlardan eng sifatli va hamyonbop mahsulotlarni izlash va sotib olish;
Mahsulotlarning yangiligi, sifati va sanitariya talablariga (sertifikatlariga) javob berishini qat’iy nazorat qilish;
Buyurtmalarni o‘z vaqtida maktab oshxonasiga yetkazib berilishini ta’minlash;
Xaridlar bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni (cheklar, nakladnoylar) to‘g‘ri va shaffof yuritish.
Talablar:
Oziq-ovqat ta’minoti sohasida kamida 3 - 6 yillik ish tajribasi (maktab, bog‘cha sohasida bo‘lsa katta plyus);
Bozorlarni va ulgurji yetkazib beruvchilarni yaxshi bilish;
Shaxsiy avtomobilining mavjudligi va haydovchilik guvohnomasi (B, C toifalari);
Mas’uliyat, halollik va punktuallik (vaqtga rioya qilish);
Sanepidemstansiya (SES) va gigiyena talablaridan xabardorlik (tibbiy daftarcha bo‘lishi shart yoki ishga kirishda qilinadi).
Ish sharoitlari:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashtirish;
Ish grafigi: 6/1 (Dushanba - Shanba), ertalabki vaqtlar (mahsulotlarni barvaqt yetkazish uchun);
Maktab oshxonasida bepul tushlik;
Ahil jamoa
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 15000000 UZS