Ташкент, Янгихаётский район, улица Кипчак, 56A
В Centris Group требуется Печатник флексографской печати 1 категории. Мы — многолетняя производственная компания, специализирующаяся на выпуске качественной полиграфической продукции и упаковочных материалов. Приглашаем в нашу команду опытного специалиста, который будет обеспечивать высокое качество печати и бесперебойную работу оборудования.
Зарплата
Обязанности
Требования
Условия работы
Centris Group kompaniyasiga 1-toifali fleksografik bosma operatori talab etiladi. Biz ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kompaniyasi bo‘lib, sifatli poligrafiya mahsulotlari va qadoqlash materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashganmiz. Jamoamizga bosma mahsulot sifati va uskunalarning uzluksiz ishlashini ta’minlay oladigan tajribali mutaxassisni taklif qilamiz.
Ish haqi
Kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lgan, fleksografik bosma jarayonining barcha nozik jihatlarini yaxshi biladigan mutaxassislarga oyiga kamida 10 000 000 so‘mdan ish haqi to‘lanadi. Agar tajribangiz kam bo‘lsa (masalan, 6 oy), ish haqi suhbat jarayonida kelishiladi. Agar sizda umuman tajriba va fleksografik bosma bo‘yicha tushuncha bo‘lmasa, iltimos, vakansiyaga murojaat qilmang.
Vazifalar
Fleksografik bosma uskunasini ishga tayyorlash.
Bosma uskunalarini texnik topshiriqqa muvofiq sozlash.
Ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida bosma sifati nazoratini olib borish.
Bo‘yoqlar, bosma formalar va sarf materiallarini tanlash hamda sozlash.
Bosma jarayonining texnologik parametrlariga rioya qilinishini nazorat qilish.
Bosma nuqsonlarini aniqlash va bartaraf etish.
Uskunalarni texnik jihatdan soz holatda saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish.
Ishlab chiqarish rejasini belgilangan muddatlarda bajarish.
Mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish intizomi talablariga rioya qilish.
Talablar
Fleksografik bosma operatori sifatida kamida 3 yillik ish tajribasi.
Fleksografik bosma texnologiyalarini yaxshi bilish.
Zamonaviy bosma uskunalarida ishlash tajribasi.
Bosma uskunalarini sozlash va texnik xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalari.
Tayyor mahsulot sifatini nazorat qila olish.
Mas’uliyatlilik, diqqatlilik va intizomlilik.
Ishlab chiqarish muhitida ishlashga tayyorlik.
Ish sharoitlari
Ish jadvali: 6/1.
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.
Shanba — qisqartirilgan ish kuni.
Yakshanba — dam olish kuni.
Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi.
Professional jamoada ishlash imkoniyati.
Kasbiy va martaba o‘sishi imkoniyati.
Wings Distribution Company
Ташкент
до 10000000 UZS
Ташкент
до 10000000 UZS
Global Solutions
Ташкент
от 12000000 UZS