Vakansiya: Sotuv bo'limi rahbari (ROP) / Sotuv manageriLoyiha: "Super kitobxon"
Sotuv bo'limini boshqarishni va natija ko'rsatishni biladigan, tajribali Sotuv bo'limi rahbari (ROP) yoki Sotuv manager ishga taklif qilamiz. Asosiy maqsad — jamoani boshqarish, savdo hajmini oshirish va belgilangan rejalarni vaqtida bajarish.
Sizning vazifalaringiz:* Sotuv bo'limining kundalik ishini yuqori tartib va energiya bilan boshqarish;
* Jamoaga rahbarlik qilish, ularning ish unumdorligini oshirish va o'qitish;
* Haftalik va oylik sotuv rejalarini shakllantirish va ularning bajarilishini ta'minlash;
* Mijozlar bilan ishlash jarayonini nazorat qilish va konversiyani oshirish;
* Yangi sotuv skriptlarini ishlab chiqish, mavjudlarini tahlil qilish va takomillashtirish;
* CRM tizimi bilan to'liq ishlash (voronkani yuritish va nazorat qilish);
* Rahbariyatga kunlik, haftalik va oylik hisobotlarni tayyorlab berish.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:* Sotuv yoki jamoa boshqarish sohasida kamida 3 yillik tajriba;
* Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan sotuv keyslari va portfolioga ega bo'lish;
* O'zbek va rus tillarini erkin bilish;
* Menejment, jamoani boshqarish va motivatsiya berish ko'nikmalari;
* Zamonaviy sotuv texnikalari va e'tirozlar bilan ishlash usullarini chuqur bilish;
* Natijaga yo'naltirilganlik, mas'uliyat va yuqori darajadagi tahliliy fikrlash.
Biz taklif qilamiz:*
Oylik maosh: 5 000 000 so'm (qatiy fiksa) + sotuvdan 5% bonus. Tushum rejasiga ko'ra o'rtacha oylik daromad 8 000 000 dan 10 000 000 so'mgacha va undan yuqori bo'lishi mumkin;
* Barqaror rivojlanayotgan loyihada ishlash imkoniyati;
* Qulay ish sharoitlari va ahil jamoa;
* Doimiy kasbiy o'sish va tajriba almashish muhiti.