Ish rejasini tuzish, IT loyihalarini tashkil etish va boshqarish, loyiha rejalarini tayyorlash, muddatlarni kelishish, resurslarni qidirish va taqsimlash;
Buyurtmachining talablarini batafsil tahlil qilish, katta vazifalarni kichik, tushunarli bo‘laklarga ajratish va vazifalarni bajaruvchilarga taqsimlash;
Loyiha ijrochilari bilan kunlik uchrashuvlar o‘tkazish, vazifalarni belgilangan muddatlar va buyurtmachi talablariga muvofiq bajarilishini nazorat qilish;
Loyiha amalga oshirilayotgan barcha bosqichlarida biznes vakillari bilan hamkorlik qilish, loyiha shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
Texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;
Hujjatlarni yuritish. Loyiha jarayoni va natijalari haqida muntazam hisobotlar tayyorlash;
Mahsulotni sinovdan o‘tkazish va natijalarni baholash. Zarur bo‘lsa, optimallashtirish va tuzatishlar kiritish;
Bank xizmatlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Talablar:
IT yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
IT sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
BPM tizimlaridan xabardorlik;
Jira, Click Up yoki shunga o‘xshash loyiha boshqaruv vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
IT loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha loyiha boshqaruvi tajribasi;
Scrum metodologiyasi va Agile muhitida ishlash tajribasi;
Vazifalarni samarali delegatsiya qilish va jamoa ishini muvofiqlashtirish qobiliyati;
O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilish (biznes muhitida ishlash uchun);
Muddatlarga rioya qilish qobiliyati;
PMP, Scrum Master yoki boshqa loyiha boshqaruv bo‘yicha sertifikatlarning mavjudligi afzallik sifatida qaraladi;
Bank yoki moliya sohasida IT loyihalar bilan ishlash tajribasi afzallik beradi;
Jamoada, bosim ostida ishlash qobiliyati, muloqot qobiliyati;