Ташкент, Чиланзарский район, улица Чиланзар
Biz — tez rivojlanayotgan, 7 yildan ortiq tajribaga ega bo'lgan moliya yo'nalishidagi konsalting kompaniyasimiz. Mijozlarimizga sifatli va halol xizmat ko‘rsatamiz, bozorda o‘z o‘rniga egamiz va hatto xalqaro hamkorlarimiz (jumladan, Avstraliyada) ham mavjud. Bizning jamoamiz yosh, do‘stona va energiyaga to‘la!
Hozirgi kunda kompaniyamizda Moliyaviy menedjer lavozimiga vakansiya e'lon qilmoqdamiz !
Vakansiyamizga qiziqish bildirgan barcha nomzodlarga asosiy talabimiz Qurilish sohasidagi moliya bilan kamida 3 yildan ortiq vaqt shug'ullangan bo'lishi kerak !
Mijozlarga moliyaviy masalalarda konsalting xizmatlari ko‘rsatish;
Boshqaruv hisoboti (DCF, PNL, BSH, ICF) tayyorlash;
Biznes egasi, omborchi, ta'minotchi va PTO mutaxasislari bilan hamkorlikda ishlagan va tannarx chiqara olgan bo'lishi kerak;
Qurulish va shunga yaqin bo'lgan sohalarni moliyasini tizimga solishda va konsultantlik qila olishi kerak;
Moliyaviy tahlil qilish va qaror qabul qilish uchun ma’lumot berish;
Moliyaviy modellar tuzish va ularni moliyaviy direktorlar hamda investorlar oldida taqdim etish;
Mijoz biznesini rivojlantirishda mas’uliyat bilan hamroh bo‘lish.
Moliyaviy tahlil,boshqaruv hisoboti va qurilish sohasidagi moliya bo‘yicha kamida 3 yillik tajriba;
DCF, PNL, BSH, ICF bo‘yicha amaliy tajriba;
Analitik fikrlash, natijaga yo‘naltirilganlik;
Mas’uliyat, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati;
Moliyaviy modellarni professional taqdimot qilish ko‘nikmasi.