Описание вакансии
Vakansiya: Savdo Bo'limi Rahbari (ROP) – InfinitySales
Biz InfinitySales kompaniyasida ta'lim va konsalting sohasida bozorning eng kuchli mahsulotlaridan biri – amaliy sotuv xizmatini taqdim etamiz.
Hozirda jamoamizga jarayonni emas, natijani ko'rsatadigan, qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan va katta maqsadlar sari to'xtovsiz harakat qiladigan (paxat qiladigan) haqiqiy Savdo bo'limi rahbari (ROP) qidiryapmiz.
Agar siz "stabillik" qidirib, soat 18:00 bo'lishini kutib o'tiradigan xodimlardan bo'lsangiz yoki muammolar oldida bahona qidirsangiz – darhol bu e'lonni yoping. Bizga faqat kuchlilar kerak.
Sizning vazifalaringiz:
Sotuv kurslarimiz bo'yicha jamoani boshqarish va savdo rejasini (KPI) ortig'i bilan bajarish.
Kuchsiz menejerlarni elakdan o'tkazib, faqat "bo'rilar"dan iborat jamoa shakllantirish va ularni o'qitish.
Sotuv voronkasini (funnel) tahlil qilish, har bir bosqichda konversiyani oshirish va yangi sotuv strategiyalarini joriy etish.
Mijozlar psixologiyasini chuqur tushungan holda, skriptlarni va sotuv usullarini takomillashtirish.
Biz nima taklif qilamiz?
Kafolatlangan fiks: 10mln (Bu faqat bazaviy xotirjamlik uchun).
Cheklanmagan Bonus: Asosiy daromadingiz savdo hajmi va jamoa natijalariga bog'liq foizlardan iborat bo'ladi. O'ziga ishongan va natija qiladigan lider uchun daromadning yuqori chegarasi yo'q.
O'z sohasining mutaxassislari bilan kuchli va agressiv o'sayotgan muhitda ishlash imkoniyati.
Talablarimiz:
Savdo sohasida, xususan B2B yoki xizmat ko'rsatish/ta'lim yo'nalishlarida ROP sifatida ishlaganlik va aniq raqamlarga asoslangan yutuqlar (keyslar).
Murosasizlik va talabchanlik: jamoani ham ruhlantira olish, ham qattiq nazorat qila olish qobiliyati.
Jamoa bilan va mustaqil ravishda qaror qabul qilib, javobgarlikni o'z bo'yniga ola bilish
Bizga har bir detalga e'tibor beradigan mutaxassis kerak. Agar siz ushbu vakansiya aynan siz uchun ekanligiga ishonchingiz komil bo'lsa, rezyumeni yuborishda xabar matniga "Men qiyinchiliklardan qo'rqmayman va InfinitySales jamoasiga natija berish uchun keldim" deb yozing. Bu jumlasi yo'q xatlar ochib ham ko'rilmaydi.
Manzil: Toshkent shahar qoratosh 11 A
Навыки
- Обучение и развитие
- Заключение договоров
- Управление продажами
- Умение планировать
- Аналитическое мышление
- Управление командой
Посмотреть контакты работодателя