Axborot va kommunikatsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Rahimov School

Axborot va kommunikatsiya bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, махаллинский сход граждан Катта Ялангач Ата

Описание вакансии

Rahimov School o‘quvchilar hayotini faqat dars bilan emas, balki mazmunli tajribalar, unutilmas eventlar, ekskursiyalar, safarlar, guest lecture’lar, klublar va jonli maktab muhiti bilan boyitadigan kuchli lider izlamoqda.

Bu lavozimdagi inson maktabdagi akademik jarayondan tashqari bo‘lgan vaqtni o‘quvchilar uchun qimmatli, foydali va esda qolarli tajribaga aylantiradi. Siz nafaqat event tashkil qilasiz, balki maktab ichidagi muhitni yoritish, kommunikatsiyani kuchaytirish, bolalar ishtirokini oshirish va ularning qiziqishini uyg‘otish uchun mas’ul bo‘lasiz.

Missiya

Rahimov School o‘quvchilarining akademikdan tashqari vaqtini mazmunli, foydali va qiziqarli tashkil qilish orqali ularning dunyoqarashi, ijtimoiy faolligi va maktabga bo‘lgan bog‘liqligini kuchaytirish.

Siz nimalar qilasiz

  • O‘quvchilar uchun ijtimoiy, ma’rifiy, sport va adventurous eventlarni rejalashtirish va to‘liq boshqarish
  • Tarix, adabiyot, jismoniy tarbiya va boshqa ustozlar bilan birga ekskursiya va sayohatlar tashkil qilish
  • Samarqand, Buxoro, Toshkentdagi muzeylar, uy muzeylari va boshqa tarixiy-madaniy maskanlarga safarlarni yo‘lga qo‘yish
  • Tog‘ safarlari, hiking va tabiat qo‘ynidagi dasturlarni uyushtirish
  • Rahimov School Kubogi kabi ichki sport musobaqalarini filiallar kesimida tashkil qilish
  • Top universitetlarga kirgan, startup qilayotgan yoki o‘quvchilarga ilhom bera oladigan shaxslar bilan guest lecturelar tashkil qilish
  • O‘quvchilar yuritadigan klublarni kuzatib borish, club leaderlar bilan muntazam ishlash
  • Ochiq eshiklar kuni va ota-onalar yig‘ilishlari kabi muhim tadbirlarda bosh koordinatsiyani olib borish
  • Maktab hayotidagi qiziqarli jarayonlarni videoga olib, marketing bo‘limiga topshirish
  • Har bir event bo‘yicha checklist, logistika, byudjet, hamkorlar va jihozlar tayyorgarligini nazorat qilish
  • 6–12 oy ichidagi asosiy natijalar

  • Tarix o‘qituvchisi bilan hamkorlikda Samarqand va Buxoroga tarixiy ekskursiyalarni yuqori saviyada tashkil qilishi
  • Adabiyot o‘qituvchisi bilan Toshkentdagi kamida 5 ta uy muzeyiga mazmunli tashriflarni yo‘lga qo‘yishi
  • Bu lavozimdagi muvaffaqiyat qanday o‘lchanadi

  • Haftasiga kamida 15 ta video tayyorlanishi va ijtimoiy tarmoqlarda foydalanishga yaroqli bo‘lishi
  • Har bir eventdan keyin o‘quvchilardan feedback olinishi
  • Oyiga kamida 5 ta event o‘tkazilishi
  • Har oy yakunida bajarilgan ishlar bo‘yicha qisqa, aniq va foydali hisobot topshirilishi
  • Eventlarda qatnashgan o‘quvchilar soni, ularning qoniqishi va event sifati o‘sib borishi
  • Biz kimni qidirmoqdamiz

    Siz bu rolga mos bo‘lasiz, agar:

  • event tashkil qilish sizga zavq bersa
  • bolalar va o‘smirlar bilan ishlash sizga yoqsa
  • tartibsiz vaziyatni tizimga sola olsangiz
  • ijodkorlik bilan birga natijadorlikni ham ushlay olsangiz
  • “g‘oya berdim” emas, “oxirigacha olib bordim” degan tipdagi inson bo‘lsangiz
  • Kerakli ko‘nikmalar

  • Mobilografiya va telefonda sifatli video olish
  • Google Sheets / Excel bilan ishlay olish
  • Event planning va report yozish
  • Logistika, byudjet, checklist va podryadchiklar bilan ishlash
  • Poster/copy matnlar yozish
  • Sun’iy intellekt vositalaridan foydalana olish
  • O‘zbek tilini yaxshi bilish
    Rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi
  • Oromgohlar, universitet klublari yoki eventlarda coordinator / organizer bo‘lib ishlagan bo‘lish ustunlik beradi
  • iPhone borligi ustunlik beradi
  • Shaxsiy sifatlar

  • Kuchli kommunikatsiya
  • Mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish
  • Vaqtida bajarish odati
  • Public speaking va auditoriya bilan ishlash qobiliyati
  • Kreativ fikrlash
  • Odamlarni boshqara olish
  • Xushmuomala, energiyali va hazilni joyida ishlata oladigan bo‘lish
  • Muammoli vaziyatlarda bosim ostida ham silliq ishlay olish
  • Tez o‘zgaradigan vaziyatlarga moslasha olish
  • Ish sharoiti

  • Ish haqi: 7 000 000 – 10 000 000 so‘m
  • Ish grafigi: 6/1, full-time
  • Kuchli jamoa bilan ishlash
  • O‘quvchilar hayotiga real ta’sir ko‘rsatish imkoniyati
  • O‘z g‘oyalaringizni real loyihaga aylantirish imkoniyati
  • Turli event, safar va maktab ichki tashabbuslariga bosh bo‘lish imkoniyati
  • Oyiga kamida 1 marta tog‘ yoki outdoor safar tashkil qilishi
Навыки
  • Организаторские навыки
  • Планирование
  • Event Management
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

ABABIN
  • Ташкент

  • до 9000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Рекомендуем

Turizm, mehmonxona va restoran menejmenti bo‘yicha o‘qituvchi

СП ООО ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Strategik tahlil va modellashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

LAVOROSOLUTIONS
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchisi (AI)

AHMAD INTERNATIONAL SCHOOLS IN TASHKENT

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

ABABIN
  • Ташкент

  • от 10000000 UZS

Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Yuridik bo'limi boshlig'i o'rinbosari

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • от 10000000 UZS

DODO Pizza Tashkent

Materiallar bo‘yicha buxgalter

DODO Pizza Tashkent

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Meraki Marketing Agency S.

Marketing Direktor

Meraki Marketing Agency S.

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Aloqabank
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

SMM mutaxassisi (Instagram va Telegram)

YATT OTABOYEV ROVSHANBEK ULMASBOY O‘G‘LI

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

SHEROV SCHOOL
  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY
  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

Rahimov School
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

HUMANS DEALER

Savdo bo‘yicha menejer

HUMANS DEALER

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию