Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, махаллинский сход граждан Катта Ялангач Ата
Rahimov School jamoasiga Musiqa o’qituvchisi qidirilmoqda!
Siz musiqa orqali nafaqat notalarni, balki muvaffaqiyatli shaxsiyatni shakllantirishga ishonasizmi?
Bizga musiqa darsini bolalarning kognitiv qobiliyatlarini charxlash, mayda motorika va emotsional intellektni rivojlantirish vositasiga aylantira oladigan professional ustoz kerak!
Ish joyi va ish yuklamasi:
Bizda ikkita filial uchun vakansiya mavjud (umumiy 21 soat):
Lokomotiv filiali: haftasiga 13 soat;
Ibn Sino filiali: haftasiga 8 soat.
Sizning missiyangiz:
Maktabda o‘quvchilarning musiqiy didini, ijodiy fikrlashini va sahna madaniyatini rivojlantirish uchun sifatli ta’lim tizimini yaratish hamda yosh iste’dodlarni kashf etish.
Biz nima taklif qilamiz?
Media-ko‘mak: Siz tashkil qilgan har bir tadbir va chiqishlar maktabning professional fotograf va mobilograflari tomonidan tasvirga olinadi va ijtimoiy tarmoqlarda yoritiladi (shaxsiy brendingiz uchun ajoyib imkoniyat!).
Mazali tushlik: Maktab hududida sifatli ovqatlanish — xarajatlarning 50% maktab qoplab beradi.
Farzandlaringiz uchun imtiyoz: Sizning farzandlaringiz bizning maktabda ta'lim olishi uchun 3 100 000 so‘mgacha chegirma beriladi.
Kreativ muhit: Zamonaviy sharoitlar va g'oyalaringizni qo'llab-quvvatlovchi ahil jamoa.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Kasbiy mahorat: Musiqa nazariyasini bilish, kamida bitta musiqa asbobida (piano, dutor, gitara va h.k.) erkin ijro etish.
Tajriba: Vokal va xor bilan ishlash, oddiy audio tahrirlovchi dasturlarni bilish.
Shaxsiy sifatlar: Bolalarni ruhlantira olish, tashabbuskorlik va tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish qobiliyati.
Asosiy vazifalar:
O‘quvchilarga nota asoslari va ritmni o‘rgatish;
Har chorakda kamida bitta maktab miqyosidagi musiqiy chiqish tashkil etish;
O‘quvchilarga milliy va ma’naviy qo‘shiqlarni o‘rgatish orqali ularda sahna madaniyatini shakllantirish.
Ташкент
Не указана