Filial ochilishlari bo‘yicha (Lokatsiya qidiruvchi) mutaxassis

ABABIN

Filial ochilishlari bo‘yicha (Lokatsiya qidiruvchi) mutaxassis

Ташкент, Янгихаётский район, Ташкент Индекс

Описание вакансии

ASKO kompaniyasiga Filial ochilishlari bo‘yicha mutaxassis (Location & Opening Specialist) kerak

ASKO kompaniyasi haqida

ASKO kompaniyasi — avtomobil ehtiyot qismlari bozorida (avtoshina, disk, akkumulyatorlar) faoliyat yuritayotgan O‘zbekistondagi yirik chakana savdo tarmog‘i.
Bugungi kunda kompaniyaning 55+ ta savdo filiali respublika bo‘ylab muvaffaqiyatli ishlamoqda va tarmoq faol kengayib bormoqda.

📍 Ofis manzili: Toshkent shahri, Yangi Hayot tumani, INDEX savdo kompleksi, F-3 blok
🚇 Metro bekati: Turon

Lavozim tavsifi

Filial ochilishlari bo‘yicha mutaxassis kompaniyamizda yangi do‘kon/filial ochilishidan oldin eng muhim bosqichlar — mos lokatsiya topish, ijara bo‘yicha kelishuvlar, shartnoma tuzish, ruxsatnomalar va kommunal masalalarni (elektr, suv va boshqalar) rasmiylashtirish hamda ochilishgacha bo‘lgan barcha tashkiliy jarayonlarni boshqarish uchun mas’ul bo‘ladi.

Ushbu lavozim “ochilish” jarayonidagi eng muhim roldan biri bo‘lib, filialning o‘z vaqtida va muammosiz ishga tushishiga bevosita javob beradi.

Vazifalar

  • Yangi filial ochish uchun qulay lokatsiyalarni izlash (hudud, oqim, raqobat, qulay kirish-chiqish, parking, ko‘rinuvchanlik va boshqa mezonlar bo‘yicha)

  • Lokatsiyalarni dastlabki tahlil qilish, foto/video va qisqa xulosalar tayyorlash

  • Ijara beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, tijoriy shartlarni kelishish

  • Ijara bo‘yicha hujjatlar tayyorlash va shartnoma tuzish jarayonini yuritish (kompaniya ichki bo‘limlari bilan hamkorlikda)

  • Filial ochilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar:

    • elektr ta’minoti bo‘yicha ulanish/reshenie/texnik shartlar

    • suv ta’minoti va boshqa kommunal xizmatlar bo‘yicha rasmiylashtirish

    • zaruratga ko‘ra mahalliy hokimiyat va tegishli tashkilotlar bilan muvofiqlashtirish

  • Savdo nuqtasi tayyorlanishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish:

    • ta’mirlash va tayyorlash jarayonlarini nazorat qilish

    • jihozlar, ko‘rgazmalar, tashqi belgilar (viveska) va boshqa kerakli ishlarda muvofiqlashtirish

  • Ochildan oldin “tayyorlik darajasi”ni tekshirish, kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish

  • Ochilish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni joyida hal qilish

  • Har bir obyekt bo‘yicha qisqa hisobot: lokatsiya, kelishuvlar, bajarilgan ishlar, muammolar va yechimlar

  • Bir vaqtning o‘zida bir nechta obyekt/filial ochilish jarayonlarida ishtirok etish (zaruratga qarab)

  • Xizmat safari davomida belgilangan ish rejasiga muvofiq ishlash va natija taqdim etish

Nomzodga talablar

  • Retail yoki servis sohasida (savdo / operatsiya / xo‘jalik ishlari) tajriba bo‘lishi maqsadga muvofiq

  • Lokatsiya tanlash, ijara shartlari, hujjatlar va kelishuvlar bilan ishlashga qiziqish va tushuncha

  • Mas’uliyatli, tartibli, topshiriqlarni oxirigacha yetkazadigan bo‘lish

  • Muzokara olib borish, kelishuvga kelish va muammolarni joyida hal qila olish

  • Tezkorlik, stressga chidamlilik, bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifani boshqara olish

  • Xizmat safariga tayyorlik (hududlarga chiqib ishlash)

  • 10 kun va undan ortiq muddat hududlarda qolib ishlash imkoniyati

  • Talabchanlik va madaniyatli muloqot (qat’iy, lekin to‘g‘ri)

  • Telefon va ofis dasturlari bilan ishlash (Word/Excel) — minimal darajada bo‘lsa ham

Shartlar

  • Ish formati: xizmat safari asosida

  • Filiallarda 10 kunlik joyida ishlash amaliyoti (obyekt tayyorlash va ochilish jarayoniga qarab uzayishi mumkin)

  • Xizmat safari davomida:

    • xizmat uylarida yashash

    • 3 mahal ovqat bilan ta’minlash

    • yo‘l xarajatlari kompaniya hisobidan to‘liq qoplanadi

  • To‘liq ish kuni

  • Oylik oklad: 6 000 000 so‘m

  • KPI va bonuslar bilan 9 000 000 so‘mgacha daromad

  • Muvaffaqiyatli ochilishlar soni va sifati bo‘yicha qo‘shimcha rag‘batlantirish

Ishning natija ko‘rsatkichlari (qisqacha)

  • Topilgan lokatsiyalar soni va sifati (mezonga mosligi)

  • Shartnoma va rasmiylashtirish ishlarining muddatida bajarilishi

  • Filial ochilishining kechikmasligi va muammosiz ishga tushishi

  • Ochildan oldingi tayyorlik darajasi va kamchiliklar sonining kamayishi

📍 Ish joyi: Toshkent (ofis) + Respublika bo‘ylab xizmat safarlari
📩 Ariza berish: rezume yuboring (tajribangiz va qaysi hududlarda ishlay olishingizni qisqacha yozib qo‘ying)

Навыки
  • Деловое общение
  • Навыки продаж
  • Деловая коммуникация
  • Деловая переписка
  • Заключение договоров
  • Управление командой
  • Организаторские навыки
  • Телефонные переговоры
  • Аналитическое мышление
  • Навыки переговоров
  • Поиск и привлечение клиентов
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

ABABIN
Полный день
  • Ташкент

  • до 9000000 UZS

Рекомендуем
ABABIN
Полный день
  • Ташкент

  • до 7000000 UZS

Рекомендуем
Гибкий график
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

Рекомендуем
GEOMATICS WORLD

Sotish bo'yicha menejer

GEOMATICS WORLD

Полный день
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

STATISTIKA TADQIQOTLARI VA INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘LIMI BOSH MUTAXASSIS

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Полный день
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

STATISTIKA TADQIQOTLARI VA INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH BO‘LIMI ETAKCHI MUTAXASSIS

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Полный день
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Полный день
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Полный день
  • Ташкент

  • до 13700000 UZS

Полный день
  • Ташкент

  • до 1500 USD

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Полный день
  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

Полный день
  • Ташкент

  • до 12000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию