Asosiy majburiyatlari:
- Risk-menejment departamentining umumiy faoliyatini boshqarish;
- departamentning barcha bo‘linmalari xodimlarining ish samaradorligini rejalashtirish va nazorat qilish;
- bankda risklarni boshqarish tizimini ishlab chiqish, joriy etish, ishlatish va qo‘llab-quvvatlash;
- bank risklarini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish;
- bank risklarini boshqarish bo‘yicha metodologik va ichki normativ bazani, shu jumladan siyosat, metodika va tartib-qoidalarni ishlab chiqish va rivojlantirish;
- metodologiyani takomillashtirish, asosiy risk ko‘rsatkichlari va risk darajasini cheklash limitlarini yangilash;
- bank faoliyati risklarini boshqarish samaradorligi nuqtai nazaridan tahlil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
- bankdagi risklarni boshqarish tizimining holati va samaradorligi to‘g‘risida mustaqil xulosalar berish; - bank kapitalining yetarliligini baholash tartib-qoidalarini tashkil qilish va metodologik ishlab chiqish;
- korporativ mijozlarning kredit qobiliyatini baholash uchun ichki reyting tizimini tashkil qilish va metodologik ishlab chiqish;
- kredit riski bo‘yicha yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni hisoblash va prognoz qilishni boshqarish (MFSO-9 va milliy standartlar bo‘yicha).
Ta’lim va malaka:
- Ta’lim darajasi: moliya va iqtisod sohasida oliy ma’lumot.
- Kasbiy malaka: FRM, CRM, CFA, ACCA yoki DipIFR xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lish.
- Ish tajribasi:
- bank-moliya sohasida jami 10 (o'n)yil ish tajribasi, shundan, bankning risklarni boshqarish bo‘linmasida kamida 5 (besh) yil ish tajribasi, shu jumladan rahbar lavozimida kamida 3 (uch) yil;
- bank faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va Markaziy bank tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni bilish;
- risklarni boshqarish bo‘yicha metodologik hujjatlarni ishlab chiqish tajribasi;
- kredit risklarini tahlil qilish uchun skoring modellarini ishlab chiqish tajribasi.
- Bilim va ko‘nikmalar:
- kredit riski, bozor riski, likvidlik riski, operatsion risk va boshqa risk turlari bo‘yicha chuqur bilim va ko‘nikmalar;
- Basel tamoyillari, MHXS-9, stress-test va risklarni modellashtirishni bilish;
- risklarni aniqlash, baholash, monitoring qilish va kamaytirish tizimlarini qurish qobiliyati;
- yangi usullar va vositalarni o‘zlashtirishga tayyorlik;
- ma’lumotlarni tahlil qilish va o‘zgarishlarni boshqarish ko‘nikmalari;
- o‘zbek, rus va ingliz (afzallik beriladi) tillarini bilish;
- shaxsiy sifatlar: strategik va tanqidiy fikrlash, muloqot qobiliyati, qat’iyatlilik, ishni oxiriga yetkazish, vaqtni tashkil qilish, aniqlik, intizom, o‘rganuvchanlik.
- Muloqot ko‘nikmalari:
- bank rahbariyati, xodimlari va tashqi manfaatdor shaxslar bilan samarali muloqot qilish;
- tahlil natijalarini aniq va qisqa shaklda taqdim etish va risklarni boshqarish bo‘yicha choralar taklif qilish.
- Boshqaruv ko‘nikmalari: ma’lumotlarni tahlil qilish, hujjatlar tayyorlash, nostandart vaziyatlarda ishlay olish, samarali jamoalar shakllantirish, ichki reglament va tartib-qoidalarni ishlab chiqish qobiliyati.
- Texnik ko‘nikmalar:
- risklarni boshqarish jarayonlarida innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni qo‘llash (masalan, AI-ga asoslangan tahlil, jarayonlarni avtomatlashtirish).
Takliflar: - Qulay ofis;
- Karyera o'sishi;
- Kasbiy o'sish va malaka oshirish imkoniyatlari;
- Bir-biriga yaqin va professional jamoa;
- Raqobatbardosh ish haqi.