Ташкент, проспект Амира Темура, 47
Assalomu alaykum!
Biz – so‘nggi 3 yil davomida 1200+ dan ortiq mutaxassislarga Buxgalteriya hisobi, soliq tizimi va 1C bo‘yicha professional bo‘lishga yordam bergan o‘quv markazimiz.
Nega vakansiya ochildi:
Faqatgina 18:00 dan keyin ishlay oladigan o‘qituvchilar bilan ishlashdan charchadik. Biz rivojlanishni va kunduzgi guruhlarni ham yo‘lga qo‘yishni xohlaymiz. Shu sababli bizga to‘liq ish kuniga buxgalteriya kurslari o‘qituvchisi kerak.
Siz nima qilishingiz kerak bo‘ladi:
Qiziqarli va mazmunli leksiya hamda seminarlar o‘tkazish;
Testlarni tayyorlash va tekshirish;
Talabalarni o‘qishga rag‘batlantirish;
Uy vazifalari va talabalar o‘zlashtirishini baholash;
O‘quv materiallarini yaratishda hamkorlik qilish.
Biz sizdan nimalarni kutamiz:
Kamida 3 yillik ish tajribasi;
O‘zbek tilini mukammal bilish;
Yaxshi kommunikativ ko‘nikmalar;
Ma’lumotni samarali va qiziqarli tarzda yetkazib bera olish.
Biz taklif qilamiz:
Shahar markazidagi qulay ofis (Toshkent metrosi);
Adolatli ish haqi: oyiga ortacha 15 000 000 so‘m
Oylik maosh 2 marta beriladi;
90% o‘quvchilar mamnun bo‘lgan, sifatli ta'lim;
Stajirovka va o‘qish – kompaniya hisobidan;
Do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa;
Rahbar va kompaniya mutaxassislaridan trening va mentorlik;
Jihozlangan oshxona;
Ish jadvali: 6/1, 10:00 – (19:00-20:30)
Qo‘shimcha imkoniyatlar:
Markaz hisobidan malaka oshirish va professional rivojlanish;
Maqsadlarga erishish uchun bonuslar;
Yangi o‘quv dasturlari va loyihalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
Korporativ tadbirlar va markaz hayotida faol ishtirok etish imkoniyati.
Arizalaringizni 30-sentyabrgacha kutib qolamiz.
Manzil: Amir Temur prospekti, 47, “Toshkent” metrosi (piyoda 4 daqiqa).
Mo‘ljal: Shimoliy vokzal, Markaziy Aviakassa, Temiryo‘lchilar saroyi, 94-maktab.
RESURS RECRUITMENT PERSONNEL
Ташкент
до 35000000 UZS
MIRACLE UNIQUE SOFTWARE
Ташкент
от 10000000 UZS
СП ООО ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI
Ташкент
до 15000000 UZS
СП ООО ANIQ VA IJTIMOIY FANLAR UNIVERSITETI
Ташкент
до 15000000 UZS
Ташкент
до 10000000 UZS
Ташкент
до 12000000 UZS