Talablar:
Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi yo'nalishidagi tugallangan oliy ma’lumot (filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori - PhD ilmiy darajaga ega bo’lsa ustunlikka ega);
Ko‘rsatilgan yo’nalish bo’yicha kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi kerak;
Ma‘naviy-ma‘rifiy tadbirlarni tashkillashtirish va muvofiqlashtirish malakasiga ega bo‘lishi lozim;
MS Office-ning tajribali foydalanuvchisi (Excell; Word; Power Point) ;
Davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va davlat tili qoidalarini yaxshi bilishi kerak;
Ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va loyihalarda ishlash tajribasiga ega bo‘lishi ustunlik beradi.
Vazifalar:
Bank tuzilmalarida davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta‘minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishida ishtirok etish;
Davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonlarida faol ishtirok etish;
Bankda faoliyat yuritayotgan xodimlarga davlar tilini chuqur o‘rganish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda “O‘zbek tili bayrami kuni”ni nishonlash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
Bank tuzilmalari hududlaridagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta`minlashda ishtirok etish;
Bankning yangi xizmatlari va loyihalarining nomlanishi davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga mos bo‘lishini ta‘minlash va bu bo‘yicha bank rahbariyatiga takliflar kiritish;
zamonaviy iqtisodiy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritish;
Lavozim yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan boshqa vazifalar.
Ish sharoiti:
To‘liq 5 ish kuni (9.00–18.00);
Ish joyi bankning markaziy idorasida;
Ish haqi + ish hajmi va erishilgan yutuqlardan kelib chiqqan holda oylik mukofot.
YATT DAVRANOV SHAXBOZ DONIYOR O‘G‘LI
Ташкент
Не указана
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 10000000 UZS
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL
Ташкент
до 13000000 UZS