Ona-tili o'qituvchisi

Ona-tili o'qituvchisi

Ташкент, Чиланзарский район, массив Чиланзор, 5-й квартал, 5

Описание вакансии

Jamoamiz maqsadi: O'zlashtirishda qiynalayotgan o'quvchilarni fanga chin dildan qiziqtirish, ularga bilim berish orqali a'lochi o'quvchilar qatoriga qo'shish. Biz shunchaki o'qituvchi emas, balki so'z qudratini anglatadigan va har bir o'quvchining salohiyatini ocha oladigan ustozni izlayapmiz.

Asosiy vazifalar:

  • Ona tili va adabiyoti darslarini zamonaviy, interaktiv uslublarda olib borish.

  • O'quvchilarning maksimal darajada jalb etilishini ta'minlash uchun o'quv materiallarini ishlab chiqish va moslashtirish.

  • O'quvchilarning bilim darajasini baholash va ularning rivojlanishi uchun konstruktiv fikr-mulohazalar berish.

  • Dars jarayonida o'quvchilarning ijtimoiy va muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishga sharoit yaratish.

  • O'quvchining muvaffaqiyatini birgalikda qo'llab-quvvatlash uchun ota-onalar bilan samarali muloqot o'rnatish.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

  • Kamida 3 yillik pedagogik tajriba.

  • O'z kasbiga bo'lgan chinakam mehr va bilim ulashishga ishtiyoq.

  • Darslarni interaktiv tarzda olib borish va o'quvchida fanga qiziqish uyg'ota olish mahorati.

Sizdan kutayotgan shaxsiy va professional fazilatlar:

  • Mahsuldorlik: Minimal harajatlar bilan yuqori natijalarga erisha olish.

  • Halollik va vijdonlilik: Kasb etikasiga qat'iy rioya qilish.

  • O'ziga ishonch: Foydali bo'lgan ishni emas, to'g'ri bo'lgan ishni qilish; o'z fikrini aniq va ishonchli ifoda eta olish.

  • Mas'uliyat: Rahbariyat, hamkasblar va o'quvchilar oldida bergan so'zining ustidan chiqish.

  • Tez o'rganish: Yangi ma'lumotlarni tez qabul qilish va ish faoliyatida samarali qo'llay olish.

  • Tahliliy fikrlash: Ma'lumotlarni (sifat va son ko'rsatkichlarini) tizimlashtirish, tahlil qilish va ulardan asosli xulosalar chiqara olish.

  • Tafsilotlarga e'tibor: Umumiy ish natijasiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan kichik detallarga ham diqqatli bo'lish.

  • Qat'iyatlilik: Uzoq muddatli maqsadlarga erishish yo'lida matonat va sabot ko'rsatish.

  • Tashabbuskorlik: Tashqi turtkilarsiz mustaqil harakat qilish; jamoaga yangi g'oyalarni taklif etish.

  • Jamoada ishlash: Hamkasblar, rahbariyat va o'quvchilar bilan samarali hamkorlik uchun optimal sharoit yarata olish.

Biz taklif qilamiz:

  • Raqobatbardosh oylik maosh.

  • Yagona maqsad yo'lida birlashgan, ahil jamoa.

  • Kasbiy o'sish va rivojlanish uchun imkoniyatlar.

  • Zamonaviy o'quv resurslari va qo'llanmalar.

  • O'z mehnatingizning real natijasini ko'rish va o'quvchilar hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatish imkoniyati.

Murojaat uchun: Rezyume va nima uchun bizning jamoamizga qo'shilmoqchi ekanligingiz haqidagi qisqa xatni bizga yuboring.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

EDTECH ALLIANCE

Fan o'qituvchisi

EDTECH ALLIANCE

Полный день
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Al-Beruniy International School
Полный день
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
Skill Game Group

Rus tili o'qituvchisi

Skill Game Group

Удаленная работа
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Рекомендуем
YATT RUSTAMOV ILYOS ALISHER O‘G‘LI
Гибкий график
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

YATT RUSTAMOV ILYOS ALISHER O‘G‘LI

Tarix/huquq o'qituvchisi

YATT RUSTAMOV ILYOS ALISHER O‘G‘LI

Полный день
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

YATT RUSTAMOV ILYOS ALISHER O‘G‘LI

Matematika o'qituvchisi

YATT RUSTAMOV ILYOS ALISHER O‘G‘LI

Полный день
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию