Hududiy savdo menejeri (B2B)
Eshik ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxonaga
Asosiy vazifalar:
- O‘zbekiston hududlarida savdo hajmini oshirish.
- Yangi mijozlar va dilerlarni jalb qilish.
- Mavjud mijozlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.
- Korporativ va ulgurji mijozlar bilan muzokaralar olib borish.
- Mahsulotlarni taqdim etish va sotuvni amalga oshirish.
- Belgilangan savdo rejasini bajarish.
- Hududiy bozori va raqobatchilarni o‘rganish.
- Mijozlardan to‘lovlarni o‘z vaqtida undirish va debitor qarzdorlikni nazorat qilish.
- Hududlarga xizmat safarlariga chiqish.
- Har kuni ertalabki yig‘ilishda qatnashish va kunlik hisobot topshirish.
Talablar:
- Savdo sohasida 2–3 yillik tajriba.
- B2B savdo va muzokaralar olib borish ko‘nikmasi.
- Yangi mijozlarni mustaqil topish va jalb qilish qobiliyati.
- O‘zbek va turk tillarini yaxshi bilish.
- Rus tilini bilish ustunlik beradi.
- Word va Excel dasturlarini bilish.
- O‘zbekiston hududlariga xizmat safarlariga tayyor bo‘lish.
- Shaxsiy avtomobil bo‘lishi shart.
Shaxsiy fazilatlar:
Halollik, mas’uliyat, faollik, tashabbuskorlik, kirishimlilik va natijaga yo‘naltirilganlik.
Biz taklif qilamiz:
- Qo‘shma korxonada ishlash imkoniyati.
- Professional rivojlanish va o‘sish.
- Natijaga bog‘liq savdo faoliyati.
Maqsad: dastlabki 3 oy ichida yangi mijozlar va dilerlar bazasini shakllantirish, hududiy savdoni rivojlantirish va belgilangan savdo rejasini bajarish.