Sun'iy Intellekt bo'yicha trener

Sun'iy Intellekt bo'yicha trener

Ташкент, Алмазарский район

Описание вакансии

Asosiy talablar:

— SI vositalaridan ishda muntazam foydalanish tajribasi;

— kattalarni o’qitish tajribasi (o’qituvchilar, mutaxassislar yoki korporativ guruhlar);

— darsni nazariyasiz, amaliyot orqali olib bora olish;

— turli soha o’qituvchilariga SI ularning ishida qanday yordam berishini aniq misollar bilan ko’rsata olish;

— murakkab mavzuni sodda tilda tushuntira olish;

— o’zbek tilida dars o’ta olish;

— mas’uliyatli bo’lish va belgilangan muddatlarga rioya qilish.

Qo’shimcha talablar:

• rus va/yoki ingliz tilini bilish afzallik;

• ta’lim sohasida yoki oliy ta’lim tashkilotida ishlagan tajriba afzallik.

Vazifalar:

• universitet ustozlariga SI vositalaridan foydalanishni amaliy mashg’ulotlar orqali o’rgatish;

• ustozlar bilan birga ularning o’z fanidan dars materiali, taqdimot, test va topshiriqlar tayyorlash;

• kurs dasturini SI sohasidagi yangiliklarga moslab yangilab borish;

• hududlardagi oliy ta’lim tashkilotlarida dars o’tish;

• har bir kurs yakunida natijalar bo’yicha qisqa hisobot tayyorlash.

Takliflar:

• respublika miqyosidagi davlat loyihasida ishtirok etish;

• barcha hududlardagi oliy ta’lim tashkilotlari bilan ishlash tajribasi;

• tajribaga qarab belgilanadigan maosh.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию