Ish rejasini tuzish, IT loyihalarini tashkil etish va boshqarish, loyiha rejalarini tayyorlash, muddatlarni kelishish, resurslarni qidirish va taqsimlash;
Buyurtmachining talablarini batafsil tahlil qilish, katta vazifalarni kichik, tushunarli bo‘laklarga ajratish va vazifalarni bajaruvchilarga taqsimlash;
Loyiha ijrochilari bilan kunlik uchrashuvlar o‘tkazish, vazifalarni belgilangan muddatlar va buyurtmachi talablariga muvofiq bajarilishini nazorat qilish;
Loyiha amalga oshirilayotgan barcha bosqichlarida biznes vakillari bilan hamkorlik qilish, loyiha shaffofligi va samaradorligini ta’minlash;
Texnik topshiriqlarni ishlab chiqish;
Hujjatlarni yuritish. Loyiha jarayoni va natijalari haqida muntazam hisobotlar tayyorlash;
Mahsulotni sinovdan o‘tkazish va natijalarni baholash. Zarur bo‘lsa, optimallashtirish va tuzatishlar kiritish;
Bank xizmatlarini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Yosh mutaxassislarga tajriba o‘rtoqlashish va ularni rivojlantirishga yordam berish.
Bir nechta loyihalarni parallel ravishda boshqarish va ularning o‘zaro bog‘liqligini muvofiqlashtirish qobiliyatiga ega bo‘lish.
Axborot xavfsizligi, audit va regulyator talablariga rioya qilish.
Talablar;
IT yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo’lishi;
IT sohasida 3 yillik, loyiha menejeri sifatida kamida 1 yillik ish tajribasi;
BPM tizimlaridan xabardorlik;
Jira, Click Up yoki shunga o‘xshash loyiha boshqaruv vositalari bilan ishlash ko‘nikmasi;
IT loyihalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha loyiha boshqaruvi tajribasi;
Scrum metodologiyasi va Agile muhitida ishlash tajribasi;
Vazifalarni samarali delegatsiya qilish va jamoa ishini muvofiqlashtirish qobiliyati;
O‘zbek tilini mukammal, rus va ingliz tillarini yaxshi darajada bilish (biznes muhitida ishlash uchun);
Muddatlarga rioya qilish qobiliyati;
PMP, Scrum Master yoki boshqa loyiha boshqaruv bo‘yicha sertifikatlarning mavjudligi afzallik sifatida qaraladi;
Frontend va Backend jarayonlarini tushunish.
SQL yordamida ma’lumotlarni olish va tahlil qilish.
UAT, Functional Testing, Bug Tracking va Release Management jarayonlarini tashkil etish bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
Bank yoki moliya sohasida IT loyihalar bilan ishlash tajribasi afzallik beradi;
Jamoada, bosim ostida ishlash qobiliyati, muloqot qobiliyati;