Ташкент
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyaning vakolatli a’zosi vazifalarini bajarish.
Akademiya va Sug‘urta maktabi faoliyatiga strategik, tashkiliy va uslubiy rahbarlikni ta’minlash, shu jumladan sug‘urta sohasi xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, o‘quv-uslubiy dasturlarni ishlab chiqish hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish.
Fuqarolar va xodimlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
Xodimlarni boshqarish, o‘qitish yoki rahbarlik lavozimida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligini professional darajada bilish.
Yuridik bilimlarga, shu jumladan mehnat huquqi sohasidagi bilimlarga ega bo‘lish.
Xodimlar malakasini oshirish masalalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik tajribasiga ega bo‘lish.
Xodimlar hujjatlarini yuritish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish sohasida chuqur bilimga ega bo‘lish.
Xodimlarni tanlash, baholash, attestatsiyadan o‘tkazish va kasbiy rivojlantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Kadrlar zaxirasini shakllantirish va iqtidorli xodimlarni boshqarish (Talent Management) jarayonlarini tushunish.
Tashkiliy tuzilma va shtat jadvali bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.
O‘zbek va ingliz tillarini yaxshi bilish.
Yuqori darajadagi mas’uliyat, tahliliy fikrlash, tashabbuskorlik va muloqot ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Psixologiya sohasida bilimlarga va nizoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
HR-jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlari, zamonaviy HR va IT texnologiyalarini bilish.
Zamonaviy sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish va ularni kasbiy faoliyatda amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Yuridik ma’lumotga va ilmiy darajaga ega bo‘lish.
Mehnat huquqi va korporativ hujjatlar bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish.
Sug‘urta sohasida yoki moliya sektorida ish tajribasiga ega bo‘lish.
Avvalgi ish joyida xodimlarni boshqarish (HR) sohasida salmoqli natijalarga erishgan bo‘lish.
Barqaror, nufuzli va jadal rivojlanayotgan xalqaro kompaniyada ishlash imkoniyati.
Professional va tajribali jamoada faoliyat yuritish.
Kasbiy va lavozim jihatidan rivojlanish imkoniyati.
Muntazam xorijiy stajirovkalarda ishtirok etish va malaka oshirish imkoniyati.
Rasmiy ishga joylashtirish.
Mehnat qonunchiligiga muvofiq mehnat sharoitlari.
Ish haqi 20 mln so‘mdan boshlab, qo‘shimcha ravishda mukofotlar va bonuslar to‘lanadi.
YATT NIZOMOV MUTALIBJON ZOKIROVICH
Ташкент
Не указана