Ташкент, Карасарайская улица, 297
DunyaBunya — qurilish va pardozlash materiallari chakana hamda ulgurji savdosi bo‘yicha jadal rivojlanayotgan yirik kompaniya!
Kompaniyamiz jamoasiga moliyaviy hisob-kitoblarni puxta yuritadigan, soliq va qonunchilikni mukammal biladigan, jamoani boshqarish va o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslasha oladigan tajribali Bosh buhgalterni taklif etamiz!
Vazifalar:
Kompaniyaning to‘liq buxgalteriya hisobini yuritish va muvofiqligini ta’minlash;
Tabel, oylik maoshlar va daromadlarni hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirish;
Soliq hisobotlarini tayyorlash va o‘z vaqtida topshirish;
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va rahbariyatga aniq tahlillarni taqdim etish;
Buxgalteriya bo‘limi ishini to‘g‘ri tashkil etish va nazorat qilish;
Ichki audit va moliyaviy nazoratni ta'minlash hamda boshqa bo‘limlar bilan hamkorlikda ishlash.
Ish tajribasi: Buxgalteriya sohasida kamida 10 yil (shundan bosh buhgalter lavozimida ishlaganlik tajribasi katta afzallik beradi).
Bilimlar: Soliq kodeksi, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar bo‘yicha chuqur bilim.
Dasturlar: 1C va boshqa turdagi buxgalteriya dasturlarida mukammal ishlay olish.
Tillar: Rus tilida erkin muloqot qila olish (ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi).
Shaxsiy fazilatlar: Kuchli jamoaviy boshqaruv, o‘zgaruvchan sharoitlarga tez moslashish, mas'uliyat va diqqatlilik.
Oylik maosh: 10 000 000 – 20 000 000 so‘m (Suhbat natijasiga va nomzodning real tajribasiga qarab kelishiladi).
Qulay sharoitlar: Kompaniya hisobidan bepul tushlik
Ijtimoiy paket: Har oyning oxirida maxsus ro‘zg‘orlik paketi beriladi.
Ish grafigi: 6/1.
Rivojlanish: Kasbiy va moliyaviy o‘sish uchun barcha sharoitlar.