Ташкент, 2-й проезд Янгикургон
Savdo: Do‘konga kelgan mijozlarga parket, laminat, kafel, keramogranit va ularning yordamchi materiallari (kley, zatirka, plintus, podlojka) bo‘yicha professional konsultatsiya berish hamda sotuvni amalga oshirish.
Hisob-kitob: Mijozning kvadraturasiga qarab kerakli tovar hajmini va chiqindisini (obrezka) aniq hisoblab berish.
Mijozlar bilan ishlash: Mijozlar, ustalari va dizaynerlar ehtiyojini aniqlab, mos kolleksiya hamda dizaynlarni tavsiya qilish, uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish.
Tovarlar nazorati: Bo‘limdagi tovarlar qoldig‘i, stendlar, vitrina hamda namunalarning tozaligi va tartibini nazorat qilib borish.
Tajriba: Kafel, laminat yoki parket savdosi sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi shart!
Mahsulotni bilish: Pol qoplamalari va kafel turlari, o‘lchamlari, klasslari hamda xususiyatlarini mukammal tushunish.
Muloqot ko‘nikmasi: Xushmuomalalik, kirishimlilik va mijozni ko‘ndirish mahorati.
Tillar: O‘zbek tili — mukammal (rus tilini bilish qo‘shimcha afzallik beradi).
Yuqori daromad: 4 000 000 – 10 000 000 so‘m (Oklad + savdodan beriladigan foiz/KPI bonuslar).
Bepul ovqatlanish: Kompaniya hisobidan tushlik va kechki ovqat ta’minlanadi.
Ijtimoiy paket (Sots. paket): Har oyning oxirida xodimlar uchun ro‘zg‘orlik paketi beriladi.
Ish grafigi: 6/1 (ish soatlari suhbat jarayonida kelishiladi).
Joylashuv: Shiribom filiali.
Sharoitlar: Ahil jamoa, zamonaviy shourum va kasbiy o‘sish imkoniyati.