населённый пункт Кирарык, 4-й тупик Шохсада, 1
Savdo: Do‘konga kelgan mijozlarga santexnika tovarlari (quvurlar, fitinglar, aralashtirgichlar/smesitel, kranlar, unitaz, rakovina, isitish tizimlari va h.k.) bo‘yicha professional konsultatsiya berish hamda sotuvni amalga oshirish.
Mijozlar bilan ishlash: Mijozlar hamda ustalar (santexniklar) ehtiyojini aniqlab, ularga to‘g‘ri mahsulot hamda aksessuarlarni jamlab tavsiya qilish, uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish.
Tovarlar nazorati: Bo‘limdagi tovarlar qoldig‘i, vitrina va mahsulotlar ko‘rinishi tartibini nazorat qilib borish.
Tajriba: Santexnika mahsulotlari savdosi sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi shart!
Mahsulotni bilish: Santexnika va suv-kanalizatsiya tovarlari turlari, o‘lchamlari hamda xususiyatlarini mukammal tushunish.
Muloqot ko‘nikmasi: Xushmuomalalik, kirishimlilik va mijozni ko‘ndirish mahorati.
Tillar: O‘zbek tili — mukammal (rus tilini bilish qo‘shimcha afzallik beradi).
Yuqori daromad: 4 000 000 – 10 000 000 so‘m (Oklad + savdodan beriladigan foiz/KPI bonuslar).
Bepul ovqatlanish: Kompaniya hisobidan tushlik va kechki ovqat ta’minlanadi.
Ijtimoiy paket (Sots. paket): Har oyning oxirida xodimlar uchun ro‘zg‘orlik paketi beriladi.
Ish grafigi: 6/1 (ish soatlari suhbat jarayonida kelishiladi).
Joylashuv: Shiribom filiali.
Sharoitlar: Ahil jamoa, zamonaviy shourum va kasbiy o‘sish imkoniyati.