Ombor xodimi | Кладовщик

Ombor xodimi | Кладовщик

Ташкент, улица Катта Олмос, 31

Описание вакансии

1. Lavozim haqida umumiy ma’lumotlar.

1.1. Shtat ma’lumotlari:
a) lavozim nomi – Texnika va xavfsizlik departamenti ta’minot xodimi (bundan keyin matnda xodim);
b) bo‘lim – Texnika va xavfsizlik departamenti;
c) kimga bo‘ysunadi – Departamentning ta’minot mudiri;
d) kimlar unga bo‘ysunadi – (-);
e) lavozim maqsadi – kompaniya hamda brend nomi ostida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni tovarlar, xomashyo, mahsulot hamda materiallar bilan o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, yetkazib beruvchilar bilan kundalik ishlarni samarali yuritish, xarid va yetkazib berish jarayonlarini belgilangan tartibda bajarish hamda ta’minot xarajatlarini tejashga ko‘maklashish.

1.2. Ish faoliyati:
a) ish joyi – Shartnomaga ko‘ra;
b) ish vaqti tartibi – Shartnomaga ko‘ra;
c) ish kiyimi – maxsus ish kiyimi.

1.3. Umumiy vazifalar:
a) ta’minot mudiri tomonidan berilgan topshiriqlar asosida ta’minot faoliyatini amalga oshirish;
b) kompaniya bo‘linmalaridan kelib tushgan xarid so‘rovlarini (arizalarini) qabul qilish, ro‘yxatga olish va ularning to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
c) yetkazib beruvchilarni izlash, narx takliflarini yig‘ish va solishtirma tahlilini tayyorlash;
d) yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib borish, shartnoma va buyurtma hujjatlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etish;
e) buyurtma berilgan tovar, xomashyo va materiallarning yetkazib berilishini kuzatish, belgilangan muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
f) kelgan mahsulotlarning miqdori, sifati va hujjatlarga muvofiqligini tekshirishda ishtirok etish;
g) ombor zaxiralari qoldig‘ini kuzatib borish va zaxira kamayganda ta’minot mudiriga o‘z vaqtida xabar berish;
h) yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha to‘lov hujjatlarini tayyorlash va yig‘ish, shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini kuzatish;
i) logistika va transport xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
j) bozor narxlari va yangi yetkazib beruvchilar bo‘yicha monitoring olib borish;
k) ta’minot bo‘yicha hujjatlar, reyestr va bazalarni yuritish hamda ta’minot mudiriga muntazam hisobot taqdim etish.

1.4. Talab etilgan ma’lumot:
a) oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot (iqtisodiyot, logistika, menejment, ta’minot, muhandislik yoki tegishli yo‘nalish);
b) ta’minot yoki xaridlarni boshqarish bo‘yicha qo‘shimcha kurs va sertifikatlar (afzal);
c) MS Office, Google Drive va boshqa raqamli vositalardan foydalanish ko‘nikmasi.

1.5. Ish tajribasi:
a) ta’minot yoki sotib olish sohasida kamida 1–3 yillik tajriba (tegishli ma’lumotga ega, tajribasiz nomzodlar ham ko‘rib chiqilishi mumkin);
b) bir nechta yetkazib beruvchi yoki filial bilan ishlash tajribasi (afzal).

1.6. Bilimlar:
a) ta’minot zanjirini boshqarish asoslari;
b) shartnomalar tuzish va yuritish qoidalari;
c) ombor va zaxiralarni hisobga olish asoslari;
d) logistika va transport jarayonlari;
e) buxgalteriya hisobotlarining ta’minotga oid asoslari;
f) o‘zbek tilini (og‘zaki va yozma tarzda) mukammal bilishi (ingliz va rus tillarini bilishi afzal);
g) MS Office (Word, Excel), 1C va boshqa raqamli vositalarni bilish.

1.7. Ko‘nikmalar:
a) muzokaralar olib borish; b) KPI asosida ishlash; c) hisobot tayyorlash;
d) hujjatlar bilan ishlashda aniqlik va e’tiborlilik;
e) jamoa bilan ishlash va kommunikatsiya qobiliyati.

1.8. Shaxsiy sifatlar:
a) mas’uliyatlilik; b) tashabbuskorlik; c) tizimli fikrlash; d) halollik va xolislik;
e) natijaga yo‘naltirilganlik; f) stressga chidamlilik.

1.9. Lavozim imkoniyatlari:
a) raqobatbardosh ish haqi;
b) rasmiy mehnat faoliyati;
c) kasbiy va karyera o‘sishi imkoniyati;
d) zamonaviy va qulay ish muhiti;
e) trening va rivojlanish dasturlari;
f) do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi jamoa.

Agar e’lonni oxirigacha o‘qigan bo‘lsangiz, demak siz diqqat-e’tiborli mutaxassis ekansiz, bizga murojaat qilayotganingizdan mamnunmiz. Iltimos, murojaatingizda “tanishib chiqdim” kalit so‘zini yozib qoldiring!

Навыки
  • Складской Учет
  • Работа с ТМЦ
  • Приемка груза
  • Ответственное хранение
  • Учет ТМЦ
  • Учет товаров
  • Контроль отгрузок
  • 1С: Предприятие 8
  • Точность и внимательность к деталям
  • Складской документооборот
  • Инвентаризация
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Кладовщик ТМЦ

GORNO-RUDNIE TEXNOLOGII

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

Рекомендуем
JUST RETAIL
  • Ташкент

  • от 4800000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Рекомендуем
Garmoniya Farm
  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Кладовщик ГСМ

GORNO-RUDNIE TEXNOLOGII

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

International Beverages Tashkent

Кладовщик ГП

International Beverages Tashkent

  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

PRO FLEXO

Кладовщик

PRO FLEXO

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

ООО “TOYOTA CENTRAL ASIA”

Специалист склада

ООО “TOYOTA CENTRAL ASIA”

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

Eurasian Machinery (Евразиан Машинери)

Кладовщик

Eurasian Machinery (Евразиан Машинери)

  • Ташкент

  • до 500 USD

ИП ООО DNS GLOBAL

Кладовщик склада DNS

ИП ООО DNS GLOBAL

  • Ташкент

  • до 6500000 UZS

СП ООО ADMIX SPORT

Кладовщик

СП ООО ADMIX SPORT

  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

ASL FOOD THE BEST
  • Ташкент

  • до 8000000 UZS

  • Ташкент

  • до 6000000 UZS

AKFA MEDLINE
  • Ташкент

  • до 5000000 UZS

HR rekruter xodimi

EMIRAN Retail

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

PERI
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию