Vazifalar: Taxtakon — O’zbekiston bo’ylab 7 ta filialga ega, taxta, yog’och va qurilish mollari bo’yicha yetakchi kompaniya. Audit bo’limimizga Samarqand, Parkent, Qarshi filiallarimizni nazorat qiladigan, standartlar va inventarizatsiya bo’yicha mustaqil ishlay oladigan mas’uliyatli xodim izlayapmiz.
- Haftada 3 marta — Samarqand, Parkent, Qarshi filiallariga safar
- Standartlar va nizomlar bajarilishi:
- Inventarizatsiya
- Topshirilgan maxsus topshiriqlarni (favqulodda tekshiruv, shikoyat tekshiruvi) o’z vaqtida bajarish
- Filial rahbarlariga nizomni tushuntirib berish (zarur bo’lsa)
- HR nazorat yordamchisi bilan hamkorlik (forma va intizom bo’yicha)
- Har safar oxirida (filialdan qaytib) — qisqa hisobot (sana, filial, topilgan kamchiliklar)
- Haftalik umumiy hisobot — Juma kuni Nazorat bo’limi boshlig’iga
- Oylik umumiy hisobot — 1-sana, oydagi barcha safarlar, inventarizatsiyalar, topilgan muammolar va yechim takliflari
- Hisobotlar — yozma + foto dalil bilan
Talablar:
- Oliy ma’lumot afzal (iqtisod, buxgalteriya, moliya, menejment)
- Toza va kelishgan tashqi ko’rinish
Kasbiy ko’nikmalar:
- Audit / nazorat / revizor / buxgalter tajribasi afzal
- Inventarizatsiya tartibini bilish (sanash, akt tuzish, kamchilikni aniqlash)
- 1C dasturi bilan ishlash (afzal — Buxgalteriya, Savdoni boshqarish moduli)
- Excel, Word
- Hujjat yuritish — akt, ma’lumotnoma, hisobot tuzish
- Standart va nizomlarni tahlil qila olish
Shartlar:
- Diqqat-e’tiborli, kuzatuvchan (xatolarni ko’ra oladigan)
- Diplomatik — filial rahbarlar bilan ziddiyatga bormasdan ishlay oladigan
- Mas’uliyatli (topshiriqlarni o’z vaqtida bajaradigan)
- Halol — pul va mol-mulk bilan ishlashda ishonchli
- Yashirin ma’lumotni saqlay oladigan
- Jismoniy chidamli (inventarizatsiya ko’p vaqt talab qiladi)
- Psixologik kuchli (filialda noxush holatlarni ko’rsa — tinchlik bilan ish ko’radigan)