Informatika fani o'qituvchisi

Informatika fani o'qituvchisi

Ташкент, улица Истирохат, 258

Описание вакансии

Informatika fani o‘qituvchisi

Sodiq School | Toshkent shahri

Kompaniya haqida

Sodiq School jamoasiga o‘quvchilarda raqamli savodxonlik, algoritmik fikrlash va dasturlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qodir, zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanadigan informatika fani o‘qituvchisini taklif etamiz.

Asosiy vazifalar

  • Boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun davlat ta’lim dasturi asosida interaktiv va samarali darslarni tashkil etish;

  • O‘quvchilarga informatika, axborot texnologiyalari, dasturlash asoslari va algoritmik fikrlashni o‘rgatish;

  • Amaliy topshiriqlar, loyihalar va interaktiv mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning IT sohasiga qiziqishini oshirish;

  • Zamonaviy pedagogik metodlar va raqamli ta’lim vositalaridan samarali foydalanish;

  • O‘quvchilarning bilim darajasi va o‘zlashtirish dinamikasini kuzatib borish, individual yondashuvni qo‘llash;

  • O‘quvchilarda mantiqiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar

  • Informatika, axborot texnologiyalari, informatika ta’limi yoki tegishli yo‘nalish bo‘yicha oliy ma’lumot;

  • Maktabda kamida 3 yillik o‘qituvchilik tajribasi;

  • Texnik tushunchalarni sodda, tushunarli va amaliy misollar orqali tushuntira olish;

  • O‘quvchilarda algoritmik va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantira olish;

  • Zamonaviy pedagogik metodlar va interaktiv dars usullarini qo‘llash ko‘nikmasi;

  • O‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularni rag‘batlantirish va fanga qiziqtira olish;

  • Mas’uliyatlilik, tashabbuskorlik va jamoada ishlash ko‘nikmasi.

Qo‘shimcha ustunliklar

  • Python, Scratch yoki boshqa dasturlash tillarini o‘qitish tajribasi;

  • Robototexnika, STEAM yoki IT loyihalari bilan ishlash tajribasi;

  • Sun’iy intellekt vositalari va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish ko‘nikmasi;

  • Informatika olimpiadalari, IT tanlovlari yoki maktabdan tashqari ta’lim loyihalarida ishtirok etish tajribasi;

  • Ingliz yoki rus tilini bilish.

Ish sharoitlari

  • Ish jadvali: 5/2, soat 08:30 dan 17:00 gacha;

  • Ish haqi: raqobatbardosh, nomzodning malakasi va tajribasiga qarab kelishiladi;

  • To‘lov tartibi: oyiga ikki marta — avans va oylik maosh, o‘z vaqtida;

  • O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi;

  • Xodim farzandining Sodiq School’da tahsil olishi uchun o‘qish to‘loviga 50% gacha chegirma;

  • Maktab hisobidan kuniga uch mahal ovqatlanish;

  • Kasbiy rivojlanish va yangi pedagogik metodikalarni o‘zlashtirish imkoniyati;

  • Hamkorlikka asoslangan, kasbiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlovchi ish muhiti;

  • Bilim olishga intiluvchan va faol o‘quvchilar bilan ishlash imkoniyati.

Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Rus tili o'qituvchisi

QURBONOV-SCHOOL

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем

Informatika ustozi

QURBONOV-SCHOOL

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 9000000 UZS

Рекомендуем
НОУ ABCO UNIVERSITY (IXLOS SCHOOL)

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

НОУ ABCO UNIVERSITY (IXLOS SCHOOL)

  • Ташкент

  • до 9000000 UZS

Startups DNA (OOO SARAFAN)
  • Ташкент

  • до 10000000 UZS

Koreys tili o’qituvchisi

НОУ AZIZZ KHAMIDULLAEV GROUP

  • Ташкент

  • до 22000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию