IT B2B/B2G savdo yo'nalishida cheksiz komissiya bilan yuqori daromad qilishni xohlaysizmi? SOFTY jamoasiga qo'shiling — O'zbekistonning yetakchi IT tizimli integratori!
Biz korporativ va davlat sektoriga IT infratuzilma, axborot xavfsizligi, tarmoq va server uskunalari hamda litsenziyalangan dasturiy ta'minotlarni yetkazib beramiz.
Majburiyatlar / Обязанности:
- IT mahsulotlar va kompleks tizimli yechimlarni (tarmoq, serverlar, axborot xavfsizligi, litsenziyalar, bulutli servislar) B2B va B2G mijozlarga sotish;
- Yangi korporativ mijozlarni qidirish, muzokaralar olib borish va mijozlar bazasini kengaytirish;
- B2B/B2G davlat va korporativ tenderlarida (Xarid.uz, etender, auksionlar) ishtirok etish;
- Tijoriy takliflar (КП), texnik spetsifikatsiyalar va taqdimotlar tayyorlash;
- Bitrix24 CRM tizimida savdo voronkasini to‘liq yuritish;
- Pre-sale mutaxassislar bilan birgalikda mijozlar uchun optimal yechimlarni shakllantirish.
Talablar / Требования:
- B2B savdo yoki IT sohasida kamida 1 yillik tajriba (sohaga qiziqishi yuqori bo‘lgan nomzodlar o‘qitiladi);
- IT infratuzilma, server/tarmoq uskunalari va dasturiy ta'minot bozorini tushunish;
- Muzokaralar olib borish va C-Level rahbarlar bilan ishlash ko‘nikmasi;
- Tillar: Rus tili (erkin/professional), O‘zbek tili (ravon muloqot);
- CRM (Bitrix24) va ofis dasturlarida erkin ishlash.
Shartlar / Условия:
- Kafolatlangan oylik maosh: 5 000 000 – 12 000 000 UZS (net, qo‘lga) + har bir bitim marjasidan yuqori foizlar va bonuslar (cheksiz daromad imkoniyati);
- Ish tartibi: 5/2, 10:00 dan 19:00 gacha;
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bo‘yicha rasmiy bandlik;
- Yetakchi global IT vendorlar (Cisco, Huawei, Microsoft, Fortinet, Dell) bo‘yicha bepul o‘qish va sertifikatlash;
- Karyera va professional o‘sish uchun barcha sharoitlar.