«Agrobank» islomiy moliya yo‘nalishi bo‘yicha mahsulot jamoasini shakllantirmoqda. Mahsulot egasi (Product Owner) sifatida siz jismoniy shaxslar (chakana mijozlar) uchun islomiy moliya mahsulotlarining konsepsiyasi, rivojlanish rejasi va muvaffaqiyat mezonlarini belgilaysiz: mijoz ehtiyojidan tortib mahsulot ishga tushirilguncha bo‘lgan yo‘l uchun aynan siz mas’ulsiz. Shu bois mijoz ehtiyojini aniq talabga, talabni esa ishlaydigan mahsulotga aylantira oladigan mahsulot egasini izlayapmiz.
Sizning vazifalaringiz:
- Chakana islomiy moliya mahsulotlari konsepsiyasi va rivojlanish rejasini shakllantirish, mahsulotning dastlabki sinov nusxasi va muvaffaqiyat mezonlarini belgilash;
- Mahsulot vazifalari ro‘yxatini yuritish va vazifalarni mijoz hamda bank uchun ahamiyati va risklar bo‘yicha navbatga qo‘yish;
- Raqamli kanallar va filiallar uchun mijoz yo‘llari, foydalanuvchi hikoyalari, biznes qoidalari va qabul mezonlarini tavsiflash;
- Tasdiqlangan shartnoma sxemalari va nazorat nuqtalarini Shariat kengashi, metodologiya, yuridik va komplayens bo‘linmalari bilan kelishgan holda raqamli jarayonlarga kiritish;
- Axborot texnologiyalari, dizayn va test jamoalari hamda integratsiyalar ishini muvofiqlashtirish, foydalanuvchi qabul sinovlarini o‘tkazish va ishlab chiqilgan yechimni qabul qilib olish;
- Mijoz tadqiqotlari va ko‘rsatkichlar (konversiya, rasmiylashtirish tezligi, mijoz takomillashtirish; sadoqati indeksi) asosida mahsulotni
- Manfaatdor bo‘linmalar bilan maqsad va muddatlarni kelishib olish, ish davri natijalarini taqdim etish va samaradorligi tasdiqlangan yechimlarni filiallar tarmog‘ida joriy etishga tayyorlash.
Nomzodga talablar:
- Ma’lumot: moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari yoki menejment yo‘nalishida oliy ma’lumot;
- Tajriba: bank, to‘lov tashkiloti yoki fintex kompaniyasida mahsulot egasi, mahsulot menejeri yoki biznes-tahlilchi sifatida kamida 3 yillik tajriba, shu jumladan kamida bitta raqamli mahsulotni (mobil ilova yoki onlayn xizmat) ishga tushirish;
- Ko‘nikmalar: vazifalarni ahamiyatiga qarab navbatga qo‘yish, foydalanuvchi hikoyalari va qabul mezonlarini yozish, shariat va yuridik talablarni tizim talablariga aylantirish, mahsulot ko‘rsatkichlari (konversiya, sotuv voronkasi, NPS) asosida qaror qabul qilish;
- Bilimlar: Scrum usuli va mahsulotni dastlabki sinov nusxasidan ishga tushirishgacha olib borish sikli; raqamli mijoz yo‘llari, API integratsiyalari, skoring va mijozni identifikatsiya qilish (KYC) tamoyillari; islomiy moliyaning asosiy tamoyillari (ribo va g‘arar taqiqi) va asosiy shartnoma turlari;
- Kompyuter savodxonligi: Jira yoki shunga o‘xshash vazifalarni boshqarish tizimi, Confluence, Excel (formulalar, yig‘ma jadvallar), Miro yoki Figma;
- Tillar: o‘zbek va rus tillarini og‘zaki va yozma erkin, ingliz tilini kamida B1 darajada bilish;
- Zaruratga ko‘ra hududiy filiallarga xizmat safarlariga tayyorlik.
Afzallik hisoblanadi:
- Professional Scrum Product Owner yoki Certified Scrum Product Owner sertifikati;
- AAOIFI (Islom moliya institutlari uchun buxgalteriya hisobi va audit tashkiloti) standartlari bilan tanishlik yoki ushbu tashkilot sertifikati;
- Murabaha, ijara, vakala mahsulotlari bo‘yicha amaliy bilim;
- Bo‘lib to‘lash xizmatlari va marketpleyslar bilan ishlash tajribasi;
- SQL so‘rovlarini mustaqil yozish ko‘nikmasi;
- Ingliz tilini B2 va undan yuqori darajada bilish.
Biz taklif etamiz:
- Raqobatbardosh ish haqi;
- Bankda yangi yo‘nalishni shakllantirish va islomiy moliya mahsulotlarini g‘oyadan ishga tushirishgacha olib borish imkoniyati;
- Agile tamoyillari asosida ishlaydigan, mutaxassislaridan iborat jamoada ishlash;
- Barqaror davlat bankida kasbiy rivojlanish.