Buxgalteriya hisobini to‘liq yuritish va moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish. Korxonaning moliyaviy hisobotlarini tayyorlash va topshirish. Soliq hisobotlarini tayyorlash, soliq to‘lovlarini hisoblash va o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish. Bank hisobvaraqlari, to‘lov topshiriqnomalari va pul mablag‘lari harakatini nazorat qilish. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobga olish va nazorat qilish. Ish haqi, ta’til puli va boshqa to‘lovlarni hisoblash. Birlamchi hujjatlar, shartnomalar, hisob-fakturalar va dalolatnomalarni tekshirish hamda rasmiylashtirish. Buxgalteriya hujjatlarini tartibli yuritish va arxivlash. Moliyaviy faoliyatni tahlil qilish va rahbariyatga hisobot taqdim etish. Soliq organlari, banklar, auditorlar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan ishlash. Amaldagi qonunchilik va buxgalteriya standartlariga rioya etilishini ta’minlash.
Требования:
Buxgalteriya yoki moliya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumot. Buxgalteriya sohasida kamida 5–7 yillik ish tajribasi. Bosh buxgalter yoki yetakchi buxgalter lavozimida ishlagan nomzodlarga ustunlik beriladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi va buxgalteriya hisobi qoidalarini mukammal bilish. 1C Buxgalteriya, Excel va boshqa tegishli dasturlarda erkin ishlash. Moliyaviy va soliq hisobotlarini mustaqil tayyorlash tajribasi. Bank operatsiyalari, ish haqi hisob-kitoblari va shartnomaviy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmasi. Mas’uliyatlilik, aniqlik, halollik va tahliliy fikrlash qobiliyati. Hujjatlar bilan mustaqil ishlash va belgilangan muddatlarga rioya qilish.
O‘zbek tilini yaxshi bilish; Ingliz tilini bilish ustunlik beradi.
Условия:
Barqaror va uzoq muddatli ish. Raqobatbardosh ish haqi, nomzodning tajribasi va malakasiga qarab belgilanadi. Rasmiy ishga joylashtirish. Qulay va professional ish muhiti. Rahbariyat bilan bevosita ishlash va kasbiy rivojlanish imkoniyati. Ish vaqti va boshqa mehnat sharoitlari suhbat davomida kelishiladi. Tajribali, mustaqil qaror qabul qila oladigan va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan mutaxassislar taklif etiladi.