Шеф-повар

Шеф-повар

Ташкент, улица Дурмон йули, 43

Описание вакансии

“Avlu” restoran-kafesi uchun tajribali Bosh oshpaz / Executive Chef izlaymiz.

Nomzod turk oshxonasini, ayniqsa sousli tovuq va go‘shtli taomlar, sho‘rvalar, salatlar, mezeler hamda garnirlarni professional darajada tayyorlay olishi kerak. Tig‘iz servis vaqtida taomlarni tez, mazali va doimiy standart asosida tayyorlash talab etiladi.

Asosiy vazifalar:

* Restoran-kafe menyusini noldan ishlab chiqish
* Taomlarning standart retseptlari, grammovkalari va texnologik kartalarini tayyorlash
* Har bir taom tannarxi va food-cost ko‘rsatkichlarini hisoblash va nazorat qilish
* Mahsulot sifati, xaridlar, ombor qoldig‘i va chiqindilarni nazorat qilish
* Restoran ehtiyojiga mos oshxona jamoasini mustaqil shakllantirish
* Oshxona xodimlarini o‘qitish, vazifalarni taqsimlash va boshqarish
* Tig‘iz servis vaqtida oshxonaning tez va tartibli ishlashini ta’minlash
* Taomlarning ta’mi, ko‘rinishi, grammovkasi va porsiya standartini saqlash
* Sanitariya, gigiyena va oshxona intizomini nazorat qilish
* Restoran-kafening yangilangan konsepsiya bilan ochilishiga tayyorgarlik va degustatsiyalarni boshqarish

Talablar:

* Bosh oshpaz yoki su-shef lavozimida kamida 5 yillik tajriba
* Restoran sohasida kamida 8 yillik umumiy tajriba
* Turk oshxonasini yaxshi bilish
* Menyu yaratish, tannarx hisoblash va texnologik karta tuzish tajribasi
* O‘z oshxona jamoasini tuzish, o‘qitish va boshqarish qobiliyati
* Tig‘iz ish sharoitida tez, tartibli va sifatni pasaytirmasdan ishlash
* O‘zbek tilini bilish majburiy
* Turk yoki rus tilini bilish ustunlik hisoblanadi

Ish joyi: Toshkent shahri, TS1, gavjum va serqatnov hudud
Restoran sig‘imi: 20 ta stol
Bandlik: doimiy, to‘liq ish kuni
Ish jadvali: suhbat asosida belgilanadi
Maosh: oyiga 1 500 AQSh dollari + natijaga bog‘liq bonus
Sinov muddati: 3 oy

Ishga qabul qilishdan oldin amaliy taom tayyorlash va degustatsiya sinovi o‘tkaziladi.​​​​​​​
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Шеф-повар

Траст Сервис

  • Ташкент

  • от 200000 RUR

Рекомендуем

Шеф-повар

ARIGEL GROUP

  • Ташкент

  • от 2000 USD

Рекомендуем
LA MAREE MARKET
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем
  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Шеф-повар

Food Star

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Шеф-повар

Reach max

  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

Friends club group

Шеф-повар

Friends club group

  • Ташкент

  • до 1500 USD

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию