IP PORTAKAL - O'zbekiston bozorida 10 yildan ortiq tajribaga ega, maishiy texnika vositalarining ishonchli distribyutori hisoblanadi. Biz mamlakatimizdagi eng yirik savdo tarmoqlari, internet-do'konlar va chakana sotuvchilar bilan hamkorlik qilamiz. Kompaniyamiz portfelidan dunyoning yetakchi brendlari (jumladan Samsung, LG va boshqalar) o'rin olgan.
Nomzodga qo‘yilgan talablar:
- Ish tajribasi: Maishiy texnika (бытовая техника) sohasida kamida 1–3 yillik muvaffaqiyatli sotuv tajribasi.
- Sotuv modellari: B2B (korporativ mijozlar, dilerlar) va B2C (yakuniy iste'molchilar) sotuv tizimlarini mukammal tushunish va ularni amalda qo‘llay olish.
- Muzokaralar olib borish: Istalgan darajadagi mijozlar va hamkorlar bilan ishonchli muzokaralar o‘tkazish, e'tirozlar (возражения) bilan professional darajada ishlash ko‘nikmasi.
- Natijaga yo‘naltirilganlik: Belgilangan sotuv rejalarini bajarish va oshirib borish.
- Shaxsiy fazilatlar: Kirishuvchan, faol, ishga bo'lgan mas'uliyat, nutq madaniyatiz xalol va jamoada samarli ishlay olish.
Asosiy vazifalar: - Kompaniyaning mahsulotlarini B2B va B2C segmentlarida faol sotish.
- Mavjud mijozlar bazasi bilan ishlash. Yangi potensial hamkorlarni (dilerlar, do‘konlar, korporativ mijozlar) jalb qilish.
- Mijozlar bilan uzoq muddatli va ishonchli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.
- Tijorat takliflarini tayyorlash, shartnomalar tuzish va bitimlarni oxirigacha nazorat qilish.
- Sotuv rejalarini muntazam ravishda bajarish va hisobotlarni yuritish.
Sharoitlar: - Cheksiz daromad tizimi: Fiksa + KPI. Har bir bitimdan alohida ulush.
- Qulay grafik: Haftada 6/1, 9 soatlik ish kuni.
- Professional o‘sish: Kuchli jamoa, doimiy tajriba almashinuvi va martaba ko‘tarilish imkoniyati.
- Muhit: Ahil, zamonaviy va energiyaga to‘la jamoa.