Ташкент, Шайхантахурский район, массив Ибн Сина-1
Bolalarni kashf qilish, savol berish va tajriba orqali o'rganishga ilhomlantira olasizmi?
Biz 0-4 sinf o'quvchilari uchun quyidagi tillarda dars bera oladigan ijodkor va energiyaga ega Tabiiy fan (Science) o'qituvchisini jamoamizga taklif qilamiz:
O'zbek tili va Rus/Ingliz tillari
Sizdan nimalar kutiladi:
Boshlang‘ich sinflar uchun tabiiy fanlar (science) bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish
Science fanini sodda, qiziqarli va interaktiv tarzda tushuntirish
Tajribalar, o'yinlar va kreativ metodlardan foydalanish
Bolalar bilan samimiy va professional muloqot qila olish
Mas'uliyat, kreativlik va yuqori energiya
Biz kimni qidiryabmiz
Biologiya, ekologiya, yoki tabiatshunoslik yo‘nalishida oliy maʼlumotga ega
O'zbek tilidan tashqari ingliz yoki rus tillarini biladigan
Kamida 3 yillik maktabda o‘qituvchilik tajribasi bor
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan ishlash bo‘yicha tajribaga ega
O‘quv materiallarini tushunarli, qiziqarli va vizual tarzda yetkazib bera oladigan
Interaktiv dars metodlariga ega bo‘lgan va qo‘llay oladigan
O‘quvchilar bilan samimiy va rag‘batlantiruvchi munosabatda bo‘la oladigan
Afzallik sifatida ko‘riladi
CLIL yoki STEAM yondashuvlar bilan ishlagan bo‘lish
Eko-loyihalar va fanlararo tadbirlarni olib borish tajribasi
Ta’lim texnologiyalaridan (Google Classroom, interaktiv testlar, video platformalar) foydalana olish
Fan haftaliklari, olimpiadalar yoki maktabdan tashqari loyihalarda ishtirok etish
Sizga takliflarimiz
Raqobatbardosh va o'z vaqtida beriladigan oylik maosh
Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul
Haq to'lanadigan yillik va oylik saqlanadigan kasallik ta'tillari
Sohaviy kurslar va treninglar uchun xarajatlar maktab tomonidan 50% gacha qoplanadi
Maktab asoschisi Aziz Rahimov tomonidan muntazam trening va kurslar
Hurmatga asoslangan, sokin ish muhiti va professional jamoa
Kompaniya tomonidan 50% qoplanadigan mazali tushlik