Ташкент, улица Лабзак, 2А
Sizning vazifalaringiz:
Mijoz topish va unga kredit mahsulotlari va shartlari bo‘yicha maslahat berish;
Kredit olish uchun kelib tushgan arizalarni qabul qilish va birlamchi tahlil (skoring) o‘tkazish;
Mijozning to‘lov qobiliyatini baholash va kerakli hujjatlarni yig‘ish;
Kredit shartnomalarini rasmiylashtirish;
Ajratilgan kreditlarning to‘lov grafigi asosida qaytishini monitoring qilib borish;
Tashkilotning mijozlar bazasini kengaytirish (yangi mijozlarni jalb qilish).
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
Ma'lumot: O‘rta maxsus yoki oliy (Moliya, iqtisodiyot yoki bank ishi yo‘nalishi bo'lishi afzallik beradi);
Til bilish: O‘zbek tilida erkin va savodli so‘zlasha olish (Rus tilini bilish qo‘shimcha ustunlik beradi);
Xarakter: Xushmuomalalik, mas'uliyatlilik, odamlar bilan tez til topisha olish va eng asosiysi – natijaga ishlash qobiliyati;
Kompyuter dasturlarida (MS Office) erkin ishlay olish;
Savdo yoki kreditlash sohasida oz bo'lsa-da tajriba mavjudligi qutlanadi (tajribasiz nomzodlar ham ko'rib chiqiladi).
Biz nima taklif qilamiz:
Daromad: Kafolatlangan fiks oylik maosh – 2 000 000 so‘m + KPI (Har bir berilgan kredit va jalb qilingan mijoz uchun foiz. Daromadda chegara yo‘q, qancha faol bo'lsangiz, shuncha ko'p topasiz!);
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida rasmiy ishga joylashtirish;
Karyera pog‘onalaridan tez ko‘tarilish imkoniyati;
Qulay ofis, ahil va yosh jamoa;
Ish vaqti: Dushanba – Juma, 09:00 dan 18:00 gacha.
АКБ «Банк развития бизнеса»
Ташкент
Не указана