махаллинский сход граждан Авлиёота, 1-й тупик Карвон, 84D
Biz jamoamizga hujjatlar bilan tartibli va aniq ishlay oladigan, yozma va elektron hujjatlarni tayyorlashda e’tiborli, son va summalar bilan ishlaganda adashmaydigan Ofis-menejer izlayapmiz.
Ushbu lavozimda hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish, hisob-kitob va hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash muhim hisoblanadi.
Asosiy vazifalar
Kiruvchi va chiquvchi hujjatlarni qabul qilish, tayyorlash, rasmiylashtirish va tartibli yuritish.
Hujjatlarni elektron hujjatlar bazasiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri kiritish.
Hujjatlardagi ism-familiya, sana, raqam, son, miqdor, summa va boshqa ma’lumotlarni kiritishda yuqori aniqlikni ta’minlash.
Hujjat va jadvallardagi hisob-kitoblarni to‘g‘ri yuritish, raqamlar va summalarda adashmaslik.
Tayyorlangan hujjatlarni topshirishdan oldin ma’lumotlarning to‘g‘ri kiritilganligini qayta tekshirish.
Hujjatlarni elektron va qog‘oz ko‘rinishida tartibli saqlash, kerakli hujjatni tez topish imkonini ta’minlash.
Rahbariyat va mas’ul xodimlardan kelib tushadigan topshiriqlar bo‘yicha kerakli hujjat va ma’lumotlarni tayyorlash.
Hujjatlar va topshiriqlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qilish.
Ish jarayonida foydalaniladigan hujjatlar, ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda saqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish.
Nomzodga qo‘yiladigan talablar
Hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lish.
Hujjatlarni mustaqil tayyorlash, rasmiylashtirish va elektron bazaga kiritish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Raqamlar, sonlar, summalar, sanalar va boshqa rekvizitlar bilan ishlaganda yuqori darajada aniqlik bilan ishlash.
Hujjatlarni tayyorlashda shoshilmasdan, har bir ma’lumotni diqqat bilan kiritish va yakuniy natijani tekshirish odatiga ega bo‘lish.
Bir nechta turdagi hujjatlar va topshiriqlar bilan parallel ishlay olish.
Microsoft Word va Excel dasturlaridan amaliy darajada foydalana olish.
Excel’da jadvallar bilan ishlash, ma’lumotlarni kiritish, saralash, filtrlash va oddiy hisob-kitoblarni amalga oshira olish.
Ish hajmi ko‘paygan holatda ham hujjatlar sifatini va aniqligini saqlay olish.
Berilgan topshiriqni oxirigacha yetkazish va natijasi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish.
Ish jarayonida belgilangan qoidalarga, hujjat yuritish tartibiga va rahbariyat ko‘rsatmalariga rioya qilish.
Ishga oid ma’lumotlar va hujjatlar bilan ehtiyotkorlik bilan ishlash.
Savodli yozish va rasmiy ish uslubida hujjat tayyorlay olish.
Biz kimni qidiryapmiz?
Bizga shunchaki kompyuterda ishlay oladigan xodim emas, hujjatlar bilan ishlashda yuqori aniqlikni ta’minlay oladigan, topshiriqlarni mustaqil bajaradigan va bo‘limning turli ish jarayonlariga moslasha oladigan xodim kerak.
Nomzod:
Hujjatni topshirishdan oldin o‘z ishini qayta tekshirishi;
Bir xil ishni takroran bajarishda ham e’tiborini yo‘qotmasligi;
Topshiriqni eslatib turishni kutmasdan, o‘z vaqtida bajarishi;
Tartibli fayl va hujjat yuritishga odatlangan bo‘lishi;
Bilmagan narsasini so‘rashdan tortinmasligi va yangi ish tartibini tez o‘zlashtirishi;
Ish jarayonidagi mayda tafsilotlarga ham jiddiy qarashi kerak.
Qo‘shimcha ma’lumot
Qiziqish bildirgan nomzodlardan rezyumeni ushbu chat orqali yuborish so‘raladi.
Rezyumeda ta’limi, avvalgi ish tajribasi, egallagan ko‘nikmalari va amaliy tajribasi ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.