Asosiy vazifalar:
- Kompaniyaning moliyaviy faoliyatini strategik va operatsion boshqarish
- Moliyaviy rejalashtirish va byudjetlashtirish jarayonlarini tashkil etish
- Daromad, xarajat va rentabellik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish
- Xarajatlarni optimallashtirish va moliyaviy samaradorlikni oshirish
- Pul oqimlari (Cash Flow)ni rejalashtirish va nazorat qilish
- Moliyaviy hisobotlarni shakllantirish va tahlil qilish
- Soliq va audit jarayonlarini muvofiqlashtirish
- Moliyaviy risklarni aniqlash va boshqarish
- Rahbariyat uchun moliyaviy tahlil va takliflar tayyorlash
- Moliya bo‘limi faoliyatini boshqarish va rivojlantirish
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:
- Moliya, iqtisodiyot yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot
- Moliya boshqaruvi sohasida rahbarlik tajribasi
- Yirik kompaniyalarning moliyaviy boshqaruvida amaliy tajriba
- Yillik aylanmasi kamida 150 mln AQSH dollari bo‘lgan kompaniya bilan ishlagan bo‘lishi shart
- Byudjetlashtirish, Cash Flow va moliyaviy rejalashtirish bo‘yicha chuqur bilim
- Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish ko‘nikmasi
- Excel va moliyaviy dasturlarni yuqori darajada bilish
- Kuchli analitik fikrlash
- Liderlik va jamoani boshqarish qobiliyati
- Tizimli va mas’uliyatli yondashuv
Biz taklif qilamiz:
- 💰 Oylik maosh: 15 000 000 – 35 000 000 so‘m
- 🕘 Ish grafigi: 5/2
- 🏢 Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash
- 👥 Professional va ahil jamoa
- 📄 Rasmiy ishga joylashish
- 📈 Karyera va professional rivojlanish imkoniyati
- 🍽 Korxona hisobidan tushlik
Ish joyi:
📍 Toshkent shahri, Bektemir tumani, Iyik Ota hududi
Muhim: Vakansiyaga faqat yirik bizneslarning moliyaviy boshqaruvida tegishli tajribaga ega nomzodlar ko‘rib chiqiladi.