Biznes Assistent

Biznes Assistent

Ташкент, 1-й проезд Шота Руставели, 6

Описание вакансии

Maqsadlari katta Biznes-Assistent qidiryapman.

Man, Muhammad Yuldashev, Dasxat brending agentligida, asoschilaridan biri, Brending Bo’limi rahbari va Operatsion menejerman. Man, akam (sherigim va Dasxat brending agentligi asoschilaridan biri) bilan, 5 yil ichida, 3ta IT va marketing sohalarida faoliyat yurutuvchi bizneslarga asos solganmiz. Bundan tashqari, o’zlarimizning Naff deb nomlangan shaxsiy startupimizga, ingliz investordan investitsiya ham jalb qilganmiz. 2022-yilda esa, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan, “Biznesga Birinchi Qadam” tanlovi g’oliblaridan biri bo’lganmiz.

Dasxat brending agentligi. IT Park Uzbekistan rezidenti, 2 yil davomida, butun O’zbekiston bo’ylab, 100 dan ortiq muvaffaqiyatli brending loyihalar amalga oshirilgan.

Dasxat 2023-yilda tashkil topgan brending agentligi bo’lib, nom topish, brending tizimini ishlab chiqish va brendlarni intellektual mulk agentligidan ro’yhatdan o’tkazish xizmatlarini taqdim etadi.
Bizning keyingi katta maqsadimiz - O’zbekistonning top 3ta brending kompaniyasi qatoriga kirish!

Man o’zimga Biznes-Assistent qidiryapman.

Bizga tajriba muhim emas! Biz amaliyot asosida ishga olamiz!

Muhim: bizga yuqori ambitsiyaga, salohiyatga va g'ayratga ega, kelajak uchun ulkan maqsadlar qo'yishga qodir va o'zini muvaffaqiyatli biznesmen/investor/tadbirkor sifatida ko'ra oladigan inson kerak.

Dasxat brending agentligini keyingi bosqichda chiqarishda manga yordamchi kerak bo’ladi. Hozirgi holatda mani zimmamda, marketing, HR va Production bo’limlari. Assistent 3ta bo’limdagi mani shaxsiy qatnashuvim shart bo’lmagan vazifalarni bajarishi kerak bo’ladi. Qisqa qilib aytganda, o’ng qo’lim sifatida barcha biznes jarayonlarni nazorat qiluvchi va agentlik rivojlanishida yaqindan yordam beruvchi assistent kerak.

Sharoitlar:
- Amaliyotdan muvaffaqiyatli o’tgan xodimga rasmiy ishga joylashuv;
- Shaxsiy rivojlanish rejasi;
- Asoschi sifatida shaxsiy bilimlarimga va tajribamga to’g’ridan-to’g’ri доступ;
- Taniqli shaxslar (biznes sohasidagi) va biznesmenlar bilan networking;
- Qaror qabul qilishda mustaqillik;
- Katta kompaniya qurishni maqsad qilgan jamoada bo’lish imkoniyati;
- 6,000,000 so’mdan boshlanadigan oylik maosh;
- Onlayn ishlash imkoniyati.

Agar ushbu vakansiya qiziq bo’lsa, pastda keltirilgan ariza shakli havolasi orqali o’tib, “Nega sizni tanlashim kerak?” degan savolga javobingizning birinchi qatoriga, Dasxat brending agentligimizning instagram profilida qancha obunachisi borligini yozib keting.

Ariza shakli: https://forms.gle/tCNtqe83hUCxgX729

Навыки
  • Английский язык
  • Аналитическое мышление
  • Управление временем
  • Навыки переговоров
  • Google Docs
  • Поиск информации в интернет
  • Business Development
  • Исполнение личных поручений руководителя
  • Организационные навыки
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Тарба Виталий Георгиевич

Помощник/ассистент

Тарба Виталий Георгиевич

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию