Full stack developer — go / python / react (middle+ / senior)

Национальный комитет Республики Узбекистан по статистике

Full stack developer — go / python / react (middle+ / senior)

Ташкент, Мирзо-Улугбекский район

Описание вакансии

O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi huzuridagi “DigitStat — Raqamli statistika markazi” MCHJ jamoasi yuqori yuklamali axborot tizimlarini yaratish, zamonaviy backend va frontend yechimlarini ishlab chiqish hamda murakkab integratsion loyihalarda ishlashga tayyor bo‘lgan tajribali mutaxassisni Full Stack Developer — Go / Python / React (Middle+ / Senior) lavozimiga taklif etadi.

DigitStat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, milliy statistika tizimini raqamlashtirish bo‘yicha yagona integrator hisoblanadi.

Agar siz yuqori yuklamali servislarni yaratish, davlat axborot tizimlari va AI infratuzilmasini yagona ekotizimga integratsiya qilish, millionlab yozuvlar bilan ishlaydigan raqamli mahsulotlarni production darajasiga olib chiqish hamda davlat miqyosidagi IT loyihalarda o‘z tajribangizni qo‘llashni istasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun!

Lavozim majburiyatlari:

  • Go asosida yuqori yuklamali backend-servislarni, jumladan kafolatlangan SLA’ga ega ommaviy va korporativ API’larni loyihalash va ishlab chiqish;
  • turli maxfiylik darajasidagi ma’lumotlar uchun ko‘p bosqichli kirish modelini, billing va obuna mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • Python (FastAPI/Django) yordamida ML infratuzilmasi bilan integratsiyalashgan servislarni, jumladan model wrapper’lari, RAG pipeline’lari va LLM javoblarini streaming qilish mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • React/TypeScript asosida katta hajmdagi ma’lumotlarning interaktiv vizualizatsiyasi, kartografik interfeyslar va real-time chat funksiyalariga ega mobile-first frontend yechimlarini yaratish;
  • tashqi davlat axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya arxitekturasini loyihalash, izolyatsiyalangan muhitlar, individual kalitlar va to‘liq audit jurnalini yuritish mexanizmlarini joriy etish;
  • o‘n millionlab yozuvlar bilan ishlaydigan tizimlarning unumdorligini ta’minlash: PostgreSQL sxemalarini loyihalash, partitioning, caching va profiling jarayonlarini amalga oshirish;
  • CI/CD, konteynerlashtirish va monitoring jarayonlarini yo‘lga qo‘yish;
  • unit, integration va e2e testlarni ishlab chiqish, code review o‘tkazish va arxitekturaviy qarorlar qabul qilish;
  • bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihani olib borish hamda prototiplarni qisqa muddatda production muhitiga chiqarish.

Malakaviy talablar:

  • dasturiy ta’minot ishlab chiqish yo‘nalishida kamida 4 yillik tijorat tajribasi, shundan kamida 2 yil Go bilan production muhitida ishlash tajribasi;
  • Go bo‘yicha chuqur amaliy bilim: goroutines/channels, context, pprof profiling va net/http standart kutubxonasi bilan ishlash;
  • Python bilan ishonchli ishlash: asyncio, FastAPI/Starlette, Django, Pydantic hamda GIL mexanizmini tushunish;
  • muayyan vazifa uchun Go yoki Python texnologiyasini asosli tanlay olish;
  • React va TypeScript bilan ishonchli ishlash: hooks, Zustand/Redux/TanStack Query hamda katta hajmdagi ro‘yxatlar va grafiklarni samarali render qilish;
  • PostgreSQL bilan chuqur ishlash: query plan, B-tree/GIN/BRIN indekslari, partitioning, tranzaksiyalar, migratsiyalar va replikatsiyaning asosiy tamoyillarini tushunish;
  • REST va gRPC API, OpenAPI asosida servislarni loyihalash tajribasi;
  • autentifikatsiya va avtorizatsiya mexanizmlari — JWT, OAuth2/OIDC, RBAC/ABAC bilan ishlash;
  • Docker, Linux, Git va CI/CD (GitLab CI/GitHub Actions) bilan ishlash ko‘nikmalari;
  • xavfsiz dasturlash tamoyillarini, jumladan OWASP Top 10, injection hujumlaridan himoyalanish va maxfiy kalitlarni xavfsiz saqlash usullarini bilish;
  • statistik sir va shaxsga doir ma’lumotlar kabi maxfiy axborot bilan qat’iy reglamentlar asosida ishlashga tayyorlik;
  • o‘zbek va rus tillarini erkin bilish.

Qo‘shimcha ustunliklar:

  • Kubernetes, Helm, Kafka/NATS va ClickHouse bilan ishlash tajribasi;
  • Redis, jumladan Streams va Pub/Sub imkoniyatlaridan foydalanish;
  • Next.js (SSR/ISR), Tailwind, D3/ECharts/Plotly texnologiyalarini bilish;
  • MapLibre/Leaflet, PostGIS yordamida kartografik va geoma’lumotlarga asoslangan servislarni yaratish tajribasi;
  • WebSocket/SSE asosidagi real-time tizimlarni ishlab chiqish;
  • LLM API’lari, jumladan OpenAI-compatible API’lar hamda vLLM/Ollama orqali lokal modellar bilan integratsiya qilish tajribasi;
  • Prometheus, Grafana va OpenTelemetry yordamida observability va monitoring tizimlarini tashkil etish;
  • k6 yoki shu kabi vositalar yordamida yuklama testlarini o‘tkazish tajribasi;
  • O‘zbekiston to‘lov tizimlari (Payme, Click, Uzum, Multicard) va davlat axborot tizimlari (YIDXP, id.egov.uz, E-IMZO) bilan integratsiyalarni amalga oshirish tajribasi;
  • yuqori axborot xavfsizligi talablari mavjud bo‘lgan davlat sektori yoki fintech loyihalarida ishlash tajribasi.

Afzalliklar:

  • Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
  • IT bozoriga mos raqobatbardosh ish haqi — yakuniy miqdor suhbat natijalariga ko‘ra belgilanadi;
  • Amalga oshirilgan loyihalar natijalariga ko‘ra qo‘shimcha mukofotlar;
  • Milliy statistika tizimini raqamlashtirishga qaratilgan yirik va yuqori yuklamali IT loyihalarda bevosita ishtirok etish;
  • Go, Python, React, AI/ML va zamonaviy cloud-native texnologiyalar asosidagi mahsulotlarni yaratish imkoniyati;
  • Davlat axborot tizimlari, AI infratuzilmasi va katta hajmdagi real ma’lumotlar bilan ishlash orqali professional tajribani rivojlantirish;
  • Tajribali dasturchilar, Data Engineer va AI/ML mutaxassislari bilan bir jamoada ishlash;
  • Ish jadvali: 5/2, soat 9:00–18:00;
  • Ish joyi: Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 63-uy — Milliy statistika qo‘mitasi binosi;
  • Sinov muddati — 3 oy, dastlabki 14 kunlik onboarding dasturi bilan.
Навыки
  • PostgreSQL
  • React
  • Go
  • Git
  • Python
  • Linux
  • REST API
  • Docker
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

MCHJ ABK LMT
  • Ташкент

  • до 2500 USD

Рекомендуем

Full-Stack / Web Developer

LORETTO BRANDSHOP

  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

Рекомендуем
Интеллектуальные Поисковые Решения

Middle+ Backend PHP (Laravel) разработчик

Интеллектуальные Поисковые Решения

  • Ташкент

  • до 18000000 UZS

Рекомендуем
ИП ООО Xalq Retail

Python-разработчик

ИП ООО Xalq Retail

  • Ташкент

  • до 17000000 UZS

Java Backend Developer (Middle)

Главный центр информатизации ЦБРУ

  • Ташкент

  • до 17000000 UZS

Grand Invest
  • Ташкент

  • до 17000000 UZS

NEXTBRAIN
  • Ташкент

  • до 17000000 UZS

TURKISH BABY
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

АО СО INSON
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

CORE TECHNOLOGY
  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

  • Ташкент

  • до 30000000 UZS

АКБ Агробанк

Java Team Lead

АКБ Агробанк

  • Ташкент

  • до 25000000 UZS

  • Ташкент

  • до 1500 USD

ASTERIUM
  • Ташкент

  • до 1500 USD

Fullstack-разработчик

STARPHONE TRADING GROUP

  • Ташкент

  • до 1500 USD

OSON (АO BRIO GROUP)

Senior Java Developer

OSON (АO BRIO GROUP)

  • Ташкент

  • до 1500 USD

Капиталбанк
  • Ташкент

  • до 1500 USD

UZCARD (АО ЕОПЦ)

Senior System Analyst (BNPL)

UZCARD (АО ЕОПЦ)

  • Ташкент

  • до 1500 USD

  • Ташкент

  • от 15000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию