Ташкент
Axborot texnologiyalari deportamenti tarkibidagi Texnik xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga mutaxassis
Talablar:
Oliy ma’lumot yoki tugallanmagan oliy bo’lishi kerak;
Bajaradigan vazifalar tizim va tarmoqni boshqarishga tayyorlik va muammolarni hal qilish tajribasi bo‘lishi kerak.
Ingliz va rus tillarini bilishi avzal
Tizim va tarmoq boshqaruvi: Windows, Linux, Unix operatsion tizimlarida ishlash tajribasi va tizimlarni sozlash, kompyuterlarga texnik xizmat ko‘rsatish, optimallashtirish, va boshqarish.
Serverlar va tarmoq infrastrukturasi: Serverlarni sozlash, o'rnatish va monitoring qilish; tarmoq qurilmalarini (router, switch) boshqarish va tarmoqlarni sozlash.
Xavfsizlik: Xavfsizlik siyosatlarini o'rnatish va amalga oshirish, tizim va tarmoqni himoya qilish, firewall va VPN tizimlaridan foydalanish.
Ma'lumotlar bazalari: Ma'lumotlar bazalarini boshqarish (masalan, Oracle, MySQL, PostgreSQL, MS SQL Server) va ular bilan ishlash.
Zaxiralash va tiklash: Zaxira nusxalarini olish, zaxiralardan tiklash, ma'lumotlarni tiklash jarayonlarini boshqarish.
Virtualizatsiya: VMware, Hyper-V kabi virtualizatsiya platformalarida ishlash tajribasi.
Monitoring tizimlari: Zabbix, Nagios, Prometheus kabi tizimlarni monitoring qilish, tizim holatini kuzatish va zaruratga ko'ra xatoliklarni bartaraf etish.
Vazifalari:
Tasdiqlangan jadval asosida, navbatchilik (tungi va dam olsh kunlari).
Navbatchilik davomida bajarilgan ishlar va aniqlangan muammolar bo‘yicha belgilangan tartibda qayd etish va ma’lumot taqdim etish.
Tizimlarni boshqarish va monitoring qilish:
Serverlarni boshqarish: Serverlar va ish stantsiyalarini sozlash va nazorat qilish. Ularning ishlashini va resurslarini (xotira, CPU, disk joyi) kuzatib borish.
Tarmoqni boshqarish: Tarmoq qurilmalarini va ularning konfiguratsiyasini boshqarish, tarmoqning holatini kuzatish va tarmoqni muntazam ishlashini ta'minlash.
Monitoring tizimlari: Tizim va tarmoq holatini monitoring qilish, xatoliklar yoki nosozliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish.
Texnik yordam va foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash:
Foydalanuvchi muammolarini hal qilish: Axborot tizimlari va infratuzilmasini texnik qo’llab-quvvatlash va tizimlarda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish.
Texnik yordam: Tizimni ishga tushirishda yoki foydalanuvchilar uchun muammolarni bartaraf etishda texnik yordam ko'rsatish.
Favqulodda holatlar va nosozliklarni bartaraf etish:
Muammolarni tezda bartaraf etish: Tizimdagi kutilmagan nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish, tizimlarning ishlashini tiklash.
Favqulodda holatlarga javob: Tarmoqdagi yoki tizimdagi nosozliklarga tezkor javob berish, shuningdek, muammolarni oldini olish uchun o'z vaqtida choralar ko'rish.
BLACKPILAF (ТМ Besh Qozon)
Ташкент
до 5500000 UZS