Ташкент, улица Уйсозлар
Ombor mudiri
LaminoX — mebel xomashyosi ishlab chiqaruvchi kompaniya. Ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish uchun jamoamizga Ombor mudiri izlayapmiz.
Asosiy vazifalar:
Xomashyo va materiallarni qabul qilish, joylashtirish va chiqarishni nazorat qilish;
Ombordagi kirim-chiqim va qoldiqlar hisobini yuritish;
Ishlab chiqarishni kerakli xomashyo bilan o‘z vaqtida ta’minlash;
Xomashyoning miqdori, sifati va saqlanish sharoitlarini nazorat qilish;
Inventarizatsiyalarni tashkil etish va natijalarini nazorat qilish;
Ombor hujjatlari va hisobotlarini yuritish;
Ombor xodimlari ishini taqsimlash va nazorat qilish;
Xomashyo yetishmovchiligi, ortiqcha qoldiq yoki boshqa muammolarni o‘z vaqtida aniqlash.
Biz kutamiz:
Ombor mudiri yoki katta omborchi sifatida tajriba;
Ishlab chiqarish korxonasida ishlagan bo‘lish;
Mebel xomashyosi bilan ishlash tajribasi — katta ustunlik;
Excel/Google Sheets yoki ombor hisob dasturlarini bilish;
Moddiy javobgarlikni o‘z zimmasiga ola bilish;
Tartibli, mas’uliyatli va diqqatli bo‘lish;
Jamoani boshqarish va ishlab chiqarish bo‘limlari bilan samarali ishlay olish.
📍 Ish joyi: Tashkent shahar Yashnabod tumani Uysozlar ko'chasi 4B
💰 Maosh: 5 000 000 - 12 000 000 000
🕐 Ish grafigi: 08:00 / 20:00 gacha
Lamino X jamoasiga qo‘shiling va ishlab chiqarish jarayonining muhim bo‘g‘inlaridan birini boshqaring!
ASKLEPIY GROUP (phoenix core)
Ташкент
до 10000000 UZS
ASKLEPIY GROUP (phoenix core)
Ташкент
до 15000000 UZS