Kompaniyamiz jamoasiga tajribali va professional video montajchi izlamoqda.
Bizga shunchaki videolarni kesib-birlashtiradigan emas, balki materialni zamonaviy, kreativ va tomoshabop videoga aylantira oladigan mutaxassis kerak.
Vazifalar:
- Professional darajada video montaj qilish;
- Reklama va imij videolarini tayyorlash;
- Instagram, YouTube, TikTok va boshqa platformalar uchun videolar montaj qilish;
- Ranglar bilan ishlash (color correction);
- Ovozlarni tozalash va musiqa bilan ishlash;
- Titrlash, subtitr, animatsiya, effekt va zamonaviy o'tishlardan foydalanish;
- Berilgan texnik topshiriq asosida sifatli video tayyorlash;
- Videolarni belgilangan muddatda tayyor holatda topshirish.
Talablar:
- Adobe Premiere Pro dasturini professional darajada bilish;
- Adobe After Effects dasturini bilish katta ustunlik hisoblanadi;
- Video montaj sohasida amaliy tajribaga ega bo‘lish;
- Zamonaviy video trendlarini tushunish;
- Kadr, kompozitsiya, ritm va musiqani yaxshi his qilish;
- Kreativ fikrlash va mustaqil ishlay olish;
- Mas'uliyatli va belgilangan muddatlarga rioya qilish;
- Portfolio mavjud bo‘lishi shart.
Biz taklif qilamiz:
- Doimiy va barqaror ish;
- Qiziqarli va turli xil loyihalar;
- Professional rivojlanish imkoniyati;
- Qulay ish sharoiti;
- Ahil jamoa;
- Munosib ish haqi.
Muhim: Vakansiyaga murojaat qilayotganda o‘zingiz tayyorlagan eng yaxshi videolaringiz yoki portfolio havolasini yuborishingizni so‘raymiz.
Agar siz oddiy videomaterialni sifatli, zamonaviy va e'tiborni tortadigan videoga aylantira olsangiz — jamoamizga taklif qilamiz!
Viloyatlarga komandirovkaga chiqishingiz muhim syomkaga.