Ташкент, улица Шота Руставели, 150
ActiveCargo va ActivePrint loyihalarini rivojlantirish uchun Marketing va kontent menejerini izlayapmiz.
ActiveCargo — Xitoydan O‘zbekistonga yuk va internet-buyurtmalarni yetkazib beruvchi logistika kompaniyasi.
Active Print — futbolka, stakan va boshqa buyumlarga individual dizayn, rasm va yozuvlar tushirish hamda lazerli gravirovka xizmatlarini taqdim etuvchi yangi loyiha.
Asosiy vazifalar:
— ActiveCargo va Active Print uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish;
— Oylik va haftalik kontent-rejalar tayyorlash;
— Instagram, Telegram, Youtube va boshqa ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;
— Reels va boshqa videolar uchun g‘oya, ssenariy hamda matnlar tayyorlash;
— Postlar, Stories va reklama materiallarini yaratish va joylashtirish;
— Foto va video suratga olish jarayonlarini tashkil qilish;
— CapCut yoki o‘xshash dasturlarda oddiy videolarni montaj qilish;
— Aksiyalar, reklama kampaniyalari va yangi xizmatlar uchun g‘oyalar ishlab chiqish;
— Dizayner, mobilograf, targetolog va boshqa mutaxassislar bilan ishlash;
— Mijozlarning talab va fikrlarini o‘rganish;
— Raqobatchilar faoliyatini kuzatish va tahlil qilish;
— Marketing natijalari bo‘yicha haftalik qisqa hisobotlar tayyorlash;
— Murojaatlar, ro‘yxatdan o‘tishlar va buyurtmalar sonini oshirish ustida ishlash.
Talablar:
— Marketing, SMM yoki kontent yaratish yo‘nalishida kamida 1 yillik tajriba;
— Portfolio yoki bajarilgan ishlar namunalari mavjudligi;
— O‘zbek tilida savodli yozish va ravon gapirish;
— Rus tilini ish jarayonida foydalana oladigan darajada bilish;
— Instagram, Telegram va TikTok imkoniyatlarini yaxshi tushunish;
— Canva, CapCut yoki o‘xshash dasturlar bilan ishlay olish;
— Target reklama va marketing tahlili bo‘yicha asosiy tushunchalarga ega bo‘lish;
— Kreativ fikrlash, tashabbuskorlik va mas’uliyat;
— Ishlarni mustaqil rejalashtirish va vazifalarni oxirigacha yetkazish;
— Ingliz tilini bilish qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.
Biz taklif qilamiz:
— Logistika, e-commerce va IT yo‘nalishidagi ikkita rivojlanayotgan loyihada ishlash;
— O‘z g‘oyalarini taklif qilish va amalda sinab ko‘rish imkoniyati;
— Zamonaviy va qulay ofis;
— Professional va lavozim bo‘yicha rivojlanish imkoniyati;
— Rasmiy ishga qabul qilish;
— Ish jadvali: dushanba–juma, 09:00–18:00;
— Manzil: Toshkent shahri, Shota Rustaveli ko‘chasi, 150;
— Oylik: tajriba, ko‘nikma va suhbat natijasiga qarab 4 000 000–9 000 000 so‘m.
Vakansiyaga murojaat qilganda rezyume bilan birga portfolio, ilgari yuritgan sahifalaringiz yoki tayyorlagan kontentlaringizdan namunalar yuborishingizni so‘raymiz.
Ташкент
до 7000000 UZS