Bosh Yurist

INVEST BROKER

Bosh Yurist

Ташкент, Сергелийский район, улица Райхон, 107к1001

Описание вакансии

Bosh yurist

Kompaniyamizga qonunchilikni chuqur biladigan, kuchli amaliy tajribaga va real muvaffaqiyatli case’larga ega yurist izlayapmiz.

Bizga faqat hujjat tayyorlaydigan yurist emas, balki kompaniya manfaatlarini faol himoya qila oladigan, huquqiy xavflarni oldindan ko‘ra oladigan va murakkab vaziyatlarda mustaqil strategiya ishlab chiqadigan mutaxassis kerak.

Vazifalar

• Kompaniyaning huquqiy manfaatlarini kompleks himoya qilish;
• Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va korporativ huquq yo‘nalishlarida ishlash;
• Sud ishlari va sudgacha bo‘lgan nizolarni olib borish;
• Kompaniyani sudlarda, davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda vakillik qilish;
• Prokuratura, IIB, soliq, bojxona va boshqa davlat organlari bilan huquqiy masalalarda ishlash;
• Shartnomalarni ishlab chiqish, tekshirish va kompaniya uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni aniqlash;
• Qarzdorlik, majburiyatlarning bajarilmasligi va hamkorlar bilan yuzaga keladigan nizolarni hal qilish;
• Tovar belgisi, patent, dizayn, brend va boshqa intellektual mulk obyektlarini himoya qilish;
• Kontrafakt mahsulotlar va kompaniya brendidan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi huquqiy choralar ko‘rish;
• Kompaniya faoliyatidagi huquqiy xavflarni oldindan aniqlash va ularni kamaytirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqish;
• Qonunchilikdagi o‘zgarishlarni doimiy kuzatib borish va kompaniya faoliyatiga tatbiq etish.

Talablar

• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini chuqur va amaliy darajada bilish;
• Yuridik sohada kuchli amaliy tajriba;
• Jinoyat, iqtisodiy, fuqarolik va korporativ huquq bo‘yicha yaxshi bilim;
• Sud jarayonlarida shaxsan qatnashgan bo‘lish;
Real va tasdiqlanishi mumkin bo‘lgan muvaffaqiyatli case’larga ega bo‘lish;
• Murakkab huquqiy nizolarni mustaqil olib borish tajribasi;
• Davlat organlari va sud tizimi bilan ishlash tajribasi;
• Kuchli muzokara olib borish qobiliyati;
• Analitik va strategik fikrlash;
• Mustaqil qaror qabul qila olish;
• Natijaga yo‘naltirilgan va tashabbuskor bo‘lish;
• Doimiy ravishda o‘z ustida ishlash va sud amaliyoti hamda qonunchilikdagi o‘zgarishlarni kuzatib borish;
• Yuqori darajadagi maxfiylik va mas’uliyat.

Biz uchun muhim

Nomzodning faqat ish staji emas, real amaliy natijalari muhim.

Suhbat davomida nomzoddan shaxsan olib borgan kamida 3 ta murakkab real case haqida ma’lumot berishi so‘raladi:

• Vaziyat va muammo nimadan iborat bo‘lgan;
• Nomzodning ushbu ishdagi shaxsiy roli;
• Qanday huquqiy strategiya tanlangan;
• Qanday harakatlar amalga oshirilgan;
• Yakuniy natija qanday bo‘lgan.

Afzallik beriladi:

• Yirik biznes yoki kompaniyalarda ishlagan nomzodlarga;
• Iqtisodiy va jinoiy ishlarni olib borgan mutaxassislarga;
• Intellektual mulk va tovar belgilarini himoya qilish tajribasiga ega nomzodlarga;
• Murakkab sud ishlarida kompaniya manfaatlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan yuristlarga.

Biz taklif qilamiz

• Barqaror va rivojlanayotgan kompaniyada ishlash;
• Murakkab va qiziqarli real loyihalar;
• Rahbariyat bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash imkoniyati;
• Professional rivojlanish uchun keng imkoniyat;
• Kuchli natija ko‘rsatadigan mutaxassis uchun munosib daromad.

Ish haqi nomzodning tajribasi, real case’lari va professional darajasiga qarab suhbat asosida belgilanadi.
Навыки
  • Деловое общение
  • Работа с документами
  • Точность и внимательность к деталям
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

Orient Finans Bank
  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем

Yuridik shaxslar bilan ishlash boshqarmasi bosh yuriskonsult

АКБ «Банк развития бизнеса»

  • Ташкент

  • Не указана

Рекомендуем

Bosh oshpaz

AHMAD INTERNATIONAL SCHOOLS IN TASHKENT

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Рекомендуем
TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL

Target xalqaro maktabining Bosh buxgalteri

TARGET-INTERNATIONAL SCHOOL

  • Ташкент

  • до 20000000 UZS

ЧАКБ «ДАВР БАНК» 

Bosh mutaxassis

ЧАКБ «ДАВР БАНК» 

  • Ташкент

  • до 15000000 UZS

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию