Ташкент, улица Сарыксу, 38
IPPO — Intellectual Property Protection Organisation jamoasiga kreativ va mas’uliyatli SMM / Kontent menejer qidirmoqdamiz.
Agar siz Instagram va Telegram uchun kontent yaratishni, trendlarni kuzatishni va biznes auditoriyasi bilan ishlashni yaxshi ko‘rsangiz — sizni jamoamizga taklif qilamiz.
Vazifalar:
Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar uchun kontent strategiyasini ishlab chiqish;
Reels, post, Stories va boshqa formatlarda kontent tayyorlash;
Kontent-reja tuzish va muntazam yuritish;
SMM ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va hisobot tayyorlash;
Trendlar va yangi formatlarni kuzatib borish;
Auditoriyani o‘rganish va engagementni oshirish;
Dizayner, targetolog va boshqa jamoa a’zolari bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
SMM yoki kontent menejer sifatida tajriba;
Instagram va Telegram platformalarini yaxshi bilish;
Kreativ fikrlash va yangi g‘oyalar bera olish;
O‘zbek va rus tillarida yaxshi yozish;
Mobilografiyani bilish — katta ustunlik;
Telefon orqali video suratga olish va montaj qila olish;
CapCut, Canva yoki boshqa kontent dasturlarini bilish;
Mas’uliyatli, tashabbuskor va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lish.
Biz taklif qilamiz:
Professional va rivojlanayotgan jamoada ishlash;
Kreativ loyihalarda o‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish imkoniyati;
Raqamli marketing va IP sohasida tajriba;
Barqaror ish va o‘sish imkoniyati;
Maosh — suhbat asosida.
Ish joyi: Toshkent
Ish turi: To‘liq stavka
Ташкент
до 7000000 UZS