AROS — telefon ehtiyot qismlari va aksessuarlari yo‘nalishida 16 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan, O‘zbekiston bo‘ylab 18 ta filialga ega yirik kompaniya. Biz B2B, B2M va B2C yo‘nalishlarida faoliyat yuritamiz va 100+ xodimdan iborat jamoani birlashtiramiz.
Hozirda Instagram va Telegram sahifalarimiz uchun jonli, kreativ va sotuvga xizmat qiladigan kontent yarata oladigan Mobilograf izlamoqdamiz.
🎯 Sizning asosiy vazifalaringiz:
- Instagram va Telegram uchun haftalik va oylik kontent-reja ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Reels, Stories va qisqa videolarni professional darajada suratga olish va montaj qilish;
- Mahsulotlarimiz — ekranlar, batareyalar, aksessuarlar va boshqa mahsulotlar haqida kreativ kontent yaratish;
- Behind the scenes, Unboxing, Product Review, Mijoz fikri, Trend kabi formatlarda videolar tayyorlash;
- Ijtimoiy tarmoqlardagi trendlarni kuzatish va ularni AROS kontentiga moslashtirish;
- Veo, Kling, Runway kabi AI video vositalari yordamida qo‘shimcha vizual kontent yaratish;
- Kontent-kalendar asosida belgilangan muddatlarga rioya qilish;
- Zarur hollarda O‘zbekiston bo‘ylab 18 ta filialimizga borib, suratga olish ishlarini amalga oshirish;
- Kontent samaradorligini kuzatish va auditoriya uchun qiziqarli yangi formatlarni taklif qilish.
👤 Biz kutayotgan nomzod:
- Mobil qurilmada professional foto va video suratga olish tajribasiga ega;
- Kompozitsiya, yorug‘lik va ovoz bilan ishlashni biladi;
- CapCut, Premiere Rush yoki boshqa montaj dasturlarida mustaqil ishlay oladi;
- Instagram Reels, Stories va YouTube Shorts formatlarini yaxshi tushunadi;
- Ijtimoiy tarmoq trendlarini muntazam kuzatib boradi;
- Kreativ fikrlaydi va yangi g‘oyalarni tez amalga oshira oladi;
- Mustaqil ishlay oladi va deadline'ga qat’iy rioya qiladi;
- Mas’uliyatli, faol va natijaga yo‘naltirilgan;
- Portfolio mavjudligi — majburiy.
⭐ Qo‘shimcha ustunlik beradi:
- AI video generatorlari bilan ishlash tajribasi;
- Ssenariy va kreativ konsepsiya tuza olish;
- Telefon bilan professional video suratga olish uchun qo‘shimcha jihozlardan foydalanish tajribasi;
- SMM yoki marketing jamoasida ishlagan tajriba;
- Mahsulotni videoda kreativ tarzda ko‘rsatish qobiliyati.
💼 Biz taklif qilamiz:
- Barqaror ish haqi + KPI asosidagi bonus;
- Zamonaviy foto/video jihozlari bilan ishlash imkoniyati;
- AI vositalaridan foydalanish imkoniyati;
- Professional jamoada ishlash va rivojlanish imkoniyati;
- Kreativ g‘oyalaringizni amalga oshirish uchun erkin muhit;
- Qulay ish sharoiti va do‘stona jamoa.
📩 Ishga topshirish
Agar Siz kreativ videolar yaratishni, trendlarni amaliyotga tez tatbiq qilishni va AROS brendining ijtimoiy tarmoqlardagi rivojiga hissa qo‘shishni istasangiz — rezume va portfolioingizni yuboring.