"Ish o‘rganuvchi (Intern)" G‘aznachilik departamenti

InFinBank

"Ish o‘rganuvchi (Intern)" G‘aznachilik departamenti

Ташкент, проспект Мустакиллик, 17Б

Описание вакансии

Siz nimalar bilan shug‘ullanasiz:
  • G‘aznachilik departamenti faoliyati va bank operatsiyalari bilan yaqindan tanishish;
  • Tajribali mutaxassislar (mentorlar) rahbarligida g‘aznachilik jarayonlarini o‘rganish;
  • Kunlik hisobotlar va tahliliy ma’lumotlarni tayyorlashda ko‘maklashish;
  • Bankning ichki me’yoriy hujjatlari va tartib-qoidalarini o‘zlashtirish.
Asosiy talablar:
  • Ma'lumoti: Moliya, iqtisodiyot, bank ishi yoki turdosh yo‘nalishlarda tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalari yoki oliy ta’limni yaqinda tamomlagan bitiruvchilar;
  • Moliyaviy savodxonlik darajasi yuqori bo‘lishi, moliyaviy tahlil va bank ishi asoslarini bilish;
  • MS Excel va boshqa MS Office dasturlarida yaxshi ishlay olish (formulalar va jadvallar bilan ishlash);

  • Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS/MHXS) bo‘yicha boshlang‘ich bilimlar;
  • O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish katta ustunlik beradi);
  • Analitik fikrlash, mas’uliyatlilik, diqqatlilik va yangi ma'lumotlarni tez o‘zlashtirish qobiliyati.
Imkoniyatlar:
  • Yirik, barqaror va dinamik rivojlanayotgan bankda real amaliy tajriba;
  • Kuchli ekspertlar va tajribali mutaxassislardan mentorlik (ustoz-shogird tizimi);
  • Zamonaviy, professional va do‘stona ish muhiti;
  • Stajirovka yakunida o‘zini ijobiy tomondan ko‘rsatgan yoshlar uchun bankda doimiy ishga qabul qilinish imkoniyati;
  • Bank tizimida muvaffaqiyatli karyera poydevorini qurish imkoni.
Посмотреть контакты работодателя

Адрес

Похожие вакансии

InFinBank
  • Ташкент

  • от 7000000 UZS

Рекомендуем

Хотите оставить вакансию?

Заполните форму и найдите сотрудника всего за несколько минут.
Оставить вакансию