Turar.uz — O‘zbekiston bo‘ylab kvartira, uy, dala hovli va mehmonxonalarni bron qilish platformasi.
Vazifalar:
- Mehmonlarning telefon va chat orqali murojaatlarini qabul qilish.
- Uy-joy egalariga qo‘ng‘iroq qilib, ularni Turar.uz platformasiga jalb qilish.
- Yangi obyektlarni platformaga joylashtirish va ma’lumotlarini yangilash.
- Bron qilish jarayonini kuzatish hamda mehmonlar va mulk egalariga yordam berish.
- Oddiy hisobotlarni yuritish.
Talablar:
- O‘zbek va rus tillarini erkin bilish, ingliz tili — yuqori darajada.
- Muloqot ko‘nikmalari rivojlangan bo‘lishi.
- Kompyuter va onlayn platformalardan foydalana olish.
- Mas’uliyatli, diqqatli va tashabbuskor bo‘lish.
- Mijozlarga xizmat ko‘rsatish, turizm, mehmondo‘stlik yoki savdo sohasidagi tajriba ustunlik beradi.
Vakansiya bo‘yicha Telegram orqali bog‘laning: @olimkhonazizov