Ташкент, проспект Бунёдкор, 7Г
FERRO jamoasiga Kotlin Full Stack Developer qidiramiz
Bizga backend, frontend va mobil dasturlash yo‘nalishlarida ishlay oladigan, Kotlin ekotizimini yaxshi biladigan kuchli dasturchi kerak.
Talablar:
— Kotlin dasturlash tilini yaxshi bilish;
— Android dasturlash bo‘yicha bilim va tajriba;
— Spring Boot bilan backend ishlab chiqish tajribasi;
— SQL va ma’lumotlar bazalari bilan ishlash;
— Kotlin Multiplatform — KMP bilan ishlay olish;
— Jetpack Compose texnologiyasini bilish;
— Kotlin JS bilan ishlash tajribasi;
— REST API va tashqi servislar integratsiyasini tushunish;
— Git orqali jamoaviy ishlay olish;
— Toza, tushunarli va sifatli kod yozish.
Asosiy vazifalar:
Backend yo‘nalishida:
— Yangi REST API’larni ishlab chiqish va mavjudlarini rivojlantirish;
— Tashqi servislardan API orqali ma’lumotlarni olish;
— Tashqi servislarni kompaniya tizimlariga integratsiya qilish;
— Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash;
— Backend tizimining barqarorligi va tezligini ta’minlash.
Frontend yo‘nalishida:
— Kotlin JS va React JS loyihasida yangi sahifalarni yaratish;
— Mavjud sahifalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
— Frontend qismini API orqali backend tizimiga ulash;
— Xatolarni aniqlash va bartaraf etish;
— Loyihani rivojlantirish bo‘yicha texnik yechimlar taklif qilish.