Lavozimning asosiy maqsadi — qurilish mollari bozorida kompaniya mahsulotlarini targ'ib qilish va sotish hajmini oshirish, katta mutaxassislar rahbarligida savdo jarayonlarini o'rganish hamda mijozlar bilan aloqalar o'rnatish.Maxsus kod orqali murojaat qiling: E'lon oxirida maxsus kodni bilib olishingiz mumkin.
Asosiy vazifalari:
- Belgilangan marshrut bo'yicha chakana savdo nuqtalariga tashrif buyurish
- Savdo nuqtalaridan buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash
- Tovar qoldiqlarini va yetkazib berishning o'z vaqtida bo'lishini nazorat qilish
- Belgilangan hududda mijozlar bazasini kengaytirish
- Qarzdorlikni nazorat qilish va undirish
- Tashriflar va savdo haqida hisobotlarni yuritish
- Savdo nuqtalarida targ'ibot aksiyalarini o'tkazish
Talablar :
- Savdo sohasida 1 yildan ortiq ish tajribasi
- Savdo texnikalarini va bitim bosqichlarini bilish
- Chakana savdo nuqtalari bilan ishlash tajribasi
Biz taklif qilamiz:
- O'zR MK bo'yicha rasmiy ishga joylashtirish
- Belgilangan oylik maosh + sotuvdan foiz tizimi
- Haftalik/oylik bonuslar to'lovi
- Kompaniya hisobidan mahsulot va savdo texnikasi bo'yicha treninglar
- Dastlabki bir oy davomida tajribali xodim rahbarligida ishlash (mentorlik)
- Kompaniya ichidagi lavozimlarga o'sish imkoniyati
- Kompaniya mahsulotlariga xodimlarga mo'ljallangan chegirmalar
- Yillik ish samaradorligini baholash va maoshni ko'rib chiqish
- Maxsus kod: 929